Ajinatepa
Ajinatepa — budda ibodatxonasi harobasi saqlangan tepalik (6-8-asrlar). Qoʻrgʻontepa sh. (Tojikiston Respublikasi)dan 12,5 km sharqda. Tojikiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qazib oʻrganilgan (1961-69). Ibodatxona va monastirdan iborat 2 qismli inshootga ega (100x50) . Qazishmalar davrida besh yuzdan oshiq san’at yodgorliklari — haykallar, naqshlar, devoriy rasmlar va ularning parchalari topilgan. Buddaning oʻlim toʻshagida yotgan 12 m li haykali va sovgʻa keltirayotganlarning devoriy rasmlari muhim tarixiy ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |