Artur Gevorkyan
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Artur Aleksandrowiç Gevorkýan | ||
Tavallud sanasi | 22-noyabr 1984-yil | ||
Tavallud joyi | Ashxobod, SSSR | ||
Boʻyi | 1.75 m (5 ft 9 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi / Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Nisa Aşgabat | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003–2004 | Şagadam | 17 | (2) |
2005 | Esil-Bogatyr | 12 | (1) |
2006 | Aşgabat | 23 | (8) |
2006–2009 | Shoʻrtan Gʻuzor | 95 | (24) |
2010 | Paxtakor Toshkent | 22 | (2) |
2011–2016 | Nasaf Qarshi | 140 | (64) |
2016 | Lokomotiv Toshkent | 14 | (1) |
2017–2018 | Qizilqum | 58 | (14) |
2019 | Ahal | 1 | (0) |
2019 | Persib Bandung | 9 | (3) |
2020–2022 | Ahal | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2007–2019 | Turkmeniston | 19 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2019-yil 10-sentyabr uchun) |
Artur Aleksandrovich Gevorkyan (turkm. Artur Gevorkýan; 1984-yil 22-noyabr, Ashxobod) — turkmanistonlik futbolchi. Turkmaniston terma jamoasi safida oʻynagan. Oilali, ikki nafar farzandi bor. Artur Gevorkyanning birinchi murabbiyi Boris Grigoryan boʻlgan.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Artur Gevorkyan yoshligida Niso jamoasi oʻrinbosarlarida oʻynagan. 2004—2005-yillarda Turkmanistonning Shagadam klubida 17 ta oʻyinda 2 ta gol urgan[1]. 2005—2006-yillarda Qozogʻiztonning „Yesil Bogatir“ klubida faoliyat yuritadi. Bu klubda Gevorkyan 12 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol uradi. 2006—2007-yilda Artur Gevorkyan faoliyatini yurtida davom ettiradi. U Ashxobod klubida jami 23 ta oʻyin oʻtkazib 8 ta gol urgan. Artur Gevorkyan 2007-yildan boshlab oʻz futbolchilik faoliyatini Oʻzbekistonda davom ettirmoqda. U 2007—2010-yillarda oʻz faoliyatini Gʻuzor shahrining Shoʻrtan klubida davom ettirgan. Shu yillar davomida Gevorkyan 95 ta oʻyinda 24 ta gol urgan. 2010—2011-yillarda Gevorkyan Toshkentning Paxtakor klubida oʻynagan. Paxtakor safida 23 ta oʻyinda maydonga tushib 2 ta gol urgan. 2011—2016-yillarda Gevorgyan Nasaf jamoasi safida eng ajoyib oʻyinlarni oʻtkazgan[2][3]. U 2011-yilda Nasaf tarkibida OFK kubogini qoʻlga kiritdi[4]. Nasaf tarkibida 140 ta oʻyinda 64 ta gol urdi. Gevorkyan 2016-yilning yarmini Lokomotiv jamoasi safida oʻynadi[5]. Shu yili u Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi. Hozirda Qizilqum safida toʻp surayapti. 2018-yilning 22-may kuni Qizilqum jamoasi tarkibida Oʻzbekiston chempionati doirasida poytaxtning „Lokomotiv“ jamoasiga qarshi oʻyinda u chet el klublari faoliyatidagi 125-golini kiritdi[6].
2019 yilning mart oyida Gevorkyan erkin agent sifatida Turkmanistonning „Ahal“ futbol klubiga oʻtdi[7]. U yangi jamoadagi debyutini futbol boʻyicha Turkmaniston-2019 chempionati 1-turidan oʻrin olgan „Ashxobod“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Koʻp oʻtmay, oʻzaro kelishuvga koʻra, u klub bilan shartnomasini bekor qildi[8].
2019 yilning aprel oyida Gevorkyan erkin agent sifatida Indoneziya chempionatining „Persib Bandung“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[9]. Avgust oyida, toʻqqizta oʻyin va uchta goldan soʻng, Gevorkyan Indoneziya jamoasi bilan shartnomani oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qildi[10].
Shartnoma bekor qilinganidan keyin Gevorkyanga Turkmaniston chempionatining bir qancha klublari qiziqish bildirishdi. 2020-yilning qishida Gevorkyan Ahal klubiga Turkiyadagi yigʻinda qoʻshildi[11]. 2020-yil 7-mart kuni Turkmaniston chempionatining birinchi davrasida qaytganidan soʻng birinchi rasmiy oʻyinda 78-daqiqada maydonga tushdi[12]. 2020-yilgi mavsumda u Turkmaniston chempionatida 24 marta maydonga tushdi va 3 ta gol urdi[13]. U oʻz klubi bilan kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Mavsum oxirida u professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futzal boʻyicha Turkmaniston terma jamoasi safida 2006-yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etgan. U Turkmaniston terma jamoasi safida 2007-yilning 11-oktyabrida 2010-yilgi Jahon chempionati saralashida Kambodjaga qarshi oʻyinda debyut qilgan[14]. 2007-yil 28-oktabrda Ashxobodda Kambodjaga qarshi kechgan 2-oʻyinda milliy terma jamoadagi 2-oʻyinida 4-1 hisobida yakunlangan Gevorkyan ikkita gol urdi. 2011-yil 23-iyul kuni Indoneziyaga qarshi boʻlib oʻtgan JCh-2014 saralash bahsida u maydondan chetlatilgan[15], shundan soʻng u toʻrt yil davomida terma jamoada oʻynamadi[16]. JCh-2018 saralash turnirida u beshta oʻyin oʻtkazdi, shulardan birida Ummon terma jamoasi darvozasiga jarima zarbasidan gol kiritdi[17].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (2) 2015, 2016
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2016
- Oʻzbekiston Superligasi kumush medal sohibi: 2011
- Oʻzbekiston Superligasi bronza medali sohibi: (3) 2013, 2014, 2015
- Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: (3) 2011, 2012, 2013
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2016
- AFC Kubogi chempioni: 2011[18]
- Oʻzbekiston Superligasi toʻpurarlari (2014) 18 ta gol[19][20][21]
- Oʻzbekiston chempionatida eng yaxshi legioner futbolchi (2013, 2014)
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klublar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok | AFC | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | ||
Shoʻrtan | 2006 | 14 | 7 | 0 | - | 14 | 7 | ||
2007 | 25 | 3 | 1 | - | 25 | 4 | |||
2008 | 29 | 6 | 2 | - | 29 | 8 | |||
2009 | 27 | 8 | 2 | - | 27 | 10 | |||
Jami | 95 | 24 | 5 | - | 95 | 29 | |||
Paxtakor | 2010 | 22 | 2 | 2 | 0 | 6 | 2 | 30 | 4 |
Jami | 22 | 2 | 2 | 0 | 6 | 2 | 30 | 4 | |
Nasaf Qarshi | 2011 | 24 | 6 | 4 | 1 | 11 | 4 | 39 | 11 |
2012 | 24 | 9 | 3 | 2 | 4 | 0 | 31 | 11 | |
2013 | 26 | 18 | 7 | 3 | - | 33 | 21 | ||
2014 | 26 | 18 | 5 | 2 | 1 | 0 | 32 | 20 | |
2015 | 26 | 11 | 4 | 4 | 6 | 3 | 36 | 18 | |
2016 | 14 | 2 | 3 | 0 | 2 | 0 | 19 | 2 | |
Jami | 140 | 64 | 28 | 12 | 24 | 7 | 192 | 83 | |
Lokomotiv Toshkent | 2016 | 14 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 14 | 1 |
Jami | 14 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 14 | 1 | |
Qizilqum Zarafshon | 2017 | 20 | 4 | 1 | 0 | - | 21 | 4 | |
Jami | 20 | 4 | 1 | 0 | - | 21 | 4 | ||
Umumiy faoliyat | 277 | 93 | 28 | 17 | 28 | 9 | 333 | 119 |
Terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkmaniston milliy futbol terma jamoasi | ||
---|---|---|
Year | Isht | Gol |
2007 | 4 | 2 |
2008 | 3 | 0 |
2009 | 1 | 0 |
2010 | 1 | 0 |
2011 | 1 | 0 |
2012 | 0 | 0 |
2013 | 0 | 0 |
2014 | 0 | 0 |
2015 | 5 | 1 |
2016 | 4 | 0 |
Jami | 19 | 3 |
2016-yil 9-noyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika[23]
International goals
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Competition |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2007-yil 28-oktyabr | Saparmurat Turkmenbashi Olympic Stadium, Ashgabat, Turkmenistan | Kambodja | 2–1 | 4–1 | 2010 FIFA World Cup qualification |
2 | 3–1 | |||||
3 | 2015-yil 17-noyabr | Köpetdag Stadium, Ashgabat, Turkmenistan | Ummon | 1–0 | 2–1 | 2018 FIFA World Cup qualification |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „С армянским акцентом“. 2013-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-avgust.
- ↑ „ФФУ наградила лауреатов года“ (deadlink). 2014-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-noyabr.
- ↑ „Eng yaxshi legioner — Artur Gevorkyan“. 2014-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-noyabr.
- ↑ „Впервые в истории узбекский клуб становится чемпионом Кубка АФК“. 2011-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-oktyabr.
- ↑ „«Локомотив» Артур Геворкян билан шартнома имзолади“. 2016-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
- ↑ Iz stati Viktora Xoxlyuka: „Shatskix, Bakaev i Gevorkyan v chisle luchshix bombardirov iz bivshego Soyuza“. – Yejenedelnik „Interfutbol“. – № 23 (491), str. 10—11. Tashkent. iyun 2018 god.
- ↑ „Артур Геворкян вернулся из Узбекистана в Туркменистан, заключив контракт с «Ахалом»“. 2022-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
- ↑ „Артур Геворкян: «Всегда готов приезжать в сборную Туркменистана»“. 2022-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
- ↑ „Туркменский футболист Артур Геворкян перешёл в клуб из чемпионата Индонезии“. 2022-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
- ↑ „Артур Геворкян и «Персиб Бандунг» расторгли контракт по обоюдному согласию“. 2022-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
- ↑ „Артур Геворкян и Амир Гурбани находятся на сборах с «Ахалом» в Турции“. 2022-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
- ↑ „Match Report of Ahal FK vs Nebitçi FT“. 2022-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
- ↑ „Профиль игрока“. globalsportsarchive.com. 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
- ↑ „Cambodia vs. Turkmenistan 0 – 1, 11 October 2007“. soccerway.com.
- ↑ „Turkmenistan — Indonesia“. 2014-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-noyabr.
- ↑ „TKM — IRN“ (deadlink). 2017-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
- ↑ „2018 FIFA World Cup Russia™ — Matches — Turkmenistan — Oman“ (deadlink). 2015-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-noyabr.
- ↑ „MVP стал Геворкян“. 2018-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-oktyabr.
- ↑ „Бомбардиры — Чемпионат Узбекистана“. 2013-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-dekabr.
- ↑ „Финишировал чемпионат Узбекистана-2014“ (deadlink). 2018-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-noyabr.
- ↑ Iz stati Viktora Xoxlyuka: „Shatskix, Bakaev i Gevorkyan v chisle luchshix bombardirov iz bivshego Soyuza“. – Yejenedelnik „Interfutbol“. – № 23 (491), str. 10—11. Tashkent. iyun 2018 god.
- ↑ „A.Geworkyan“. soccerway.com. Soccer way. Qaraldi: 2017-yil 13-sentyabr.
- ↑ 23,0 23,1 „Artur Geworkýan“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2017-yil 13-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Artur Gevorkyan National-Football-Teams.com saytida
- Artur Gevorkyan Soccerway saytida