Buxoro Sport Majmuasi

Buxoro Arena
Manzili Buxoro, Oʻzbekiston
Sigʻimi 22,700[1] (Futbol)
Maydon oʻlchami 105×68 m
Chim turi Tabiiy maysazor
Konstruksiya
Qurilgan 2002
Ochilgan 2002
Yangilangan 2013
Ijarachilar
Buxoro

Buxoro Sport Majmuasi tarkibiga kiruvchilar va „Buxoro ArenaOʻzbekistonning Buxoro shahridagi koʻp maqsadli stadionning biridir[2]. Stadiondan asosan Buxoro futbol klubi futbol oʻyinlarida foydalangan[3].

Sport majmuasi 2002-yilda Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan Universiada musoboqalarining Buxoro shahrida mezbonligdagi oʻyinlar[4] uchun maxsus qurilgan[5]. Qurilish ishlari 2000-yilda boshlangan 2002-yilda yakunlanib, shu yil Universiada musoboqasining asosiy arenasi sifatida ochilgan. Stadion koʻp maqsadli trazda qurilgan boʻlib, boshqa musobaqalari uchun ham foydalanilgan. Stadion sigʻimi 22 700 kishiga moʻljallangan[6].

Universiada musoboqasi yakunlanganidan soʻng viloyatning asosiy jamoasi „Buxoro“ futbol klubi stadiondan foydalanishni boshlagan.

FIFA U-20 jahon chempionati mezbonligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Oʻzbekiston 2012-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati mezbonligi tanlovida gʻolib chiqdi va Buxoro arenasi mezbonlik qilishi kerak boʻlgan yettita stadiondan biri boʻlgan. Keyinchalik Oʻzbekiston musoboqaga tayyorgarlikni kerakli darajada olib bormaganligi sababli FIFA tomonidan mezbonlik 2011-yil 18-dekabrda bekor qilindi[7][8] va U-20 jahon chempioanti mezboni sifatida Yaponiya tanlangan. 2012-yil mart oyida „Buxoro Sport Majmuasi“ stadioni „Buxoro Arena“ nomiga oʻzgartirilgan.

AFC U-20 Osiyo kubogi 2023 mezbonligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arena shuningdek, Oʻzbekistonda oʻtkaziligan U 20 Osiyo chempionatiga mezbon stadionlardan biri sifatida tanlab olingan[9]. Yakunda stadionning tayyorgarlik darajasi pastligi sababli mezbon stadionlar roʻyxatiga kiritilmadi.

Turli yillarda stadionda taʼmirlash ishlari olib borilgan[10][11][12]. Buxoro stadioni Oʻzbeksiton futbol musboqalarida eng koʻp muxlis tashrif buyuradigan stadionlardan biri hisoblanadi[13].

Ushbu arena koʻp funksiyali stadion hisoblanadi. Alohida plastik oʻrindiqlar bilan jihozlangan tribunalar 22 700 tomoshabinga moʻljallangan. Stadionning yugurish yoʻlaklari zamonaviy sirtga ega. Stadion yoritish tizimi[14] 1800 luyks[15][16]. Buxoro Sport majmuasida Nogironligi bor muxlislar uchun 1000 ta alohida joy ham bunyod qilingan. Bu borada Oʻzbekiston Superligasi Stadionlari ichida peshqadam hisoblanadi[17].

Tarixiy oʻyinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilgi mavsum boshida OʻzPFL tomonidan Oʻzbekiston Kubogi 2022-yilgi mavsum musoboqa finali uchun stadionlar tanlovida „Buxoro arena“si gʻolib boʻlgan[18]. Shu yilning 30-oktyabrida Buxoro shahrida final oʻyini boʻlib oʻtgan[19]. Final oʻyinida Qarshining „Nasaf“ va Namanganning „Navbahor“ jamoalar oʻynagan. Final oʻyini yakunda „Nasaf“ jamoasi qoʻshimch boʻlimlarda 2-1 hisobida gʻalaba qozongan.

Stadionning buzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 12-yanvarda ilk bor stadion buzilishi va uning oʻrnida turizm shaharchasi qurilishi aytilgan[20][21]. 2024-yil 21-fevral Buxoro shahar markazidagi qurilishlar sababli stadion buzilishi boshlandi[22]. Buxoro arenasini oʻrniga Buxoro shahrining boshqa hududiga 20,000 tomoshabinni sigʻdiradigan stadion qurilishi aytilgan[23][24][25].

  1. „Venues - Super League - Uzbekistan - Results, fixtures, tables and news - Soccerway“.
  2. „O‘zbekistonning top 5 ta stadioni“.
  3. „Stadiums in Uzbekistan“ (2011-yil 13-sentyabr).
  4. „"Universiada" sport musobaqalari: Kecha va bugun“ (2016-yil 16-may).
  5. „Watching the football in Bukhara: Buxoro PFC – Pakhtakor Tashkent“. last updated on august 20, 2020da asl nusxadan arxivlangan.
  6. worldstadiums.com
  7. 政情不安定、並びに施設の問題があったため国際サッカー連盟(FIFA)が開催権剥奪。日本で代替
  8. „BUXORO ARENA“ stadioniga urugʻ sepilgan, ammo… (Wayback Machine saytida 2016-03-09 sanasida arxivlangan) FKブハラ公式サイト、2012年5月22日閲覧。
  9. „Бухородаги стадион Осиё чемпионатига мезбонлик қилади“ (2022-yil 23-iyun). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  10. „ПФЛ: "Бухоро" стадиони талабга жавоб бермайди“ (2018-yil 6-dekabr). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  11. „Ҳозир "Бухоро" стадиони ҳолати қандай?“ (2019-yil 17-fevral). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  12. „"Бухоро" стадиони Суперлига ўйинига тайёр“ (2019-yil 31-iyul). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  13. „«Buxoro» stadioni tomoshabinlar tashrifi bo‘yicha Pro liga rekordini yangiladi“ (2022-yil 2-may). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  14. „"Бухоро" стадиони Ўзбекистондаги энг яхши стадионлар қаторига кирди. Сабаби...“ (2021-yil 22-may). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
  15. „“Бухоро” ўзгаришлар остонасида. Жамоа стадиони бу кўрсаткич бўйича "Пахтакор", "Насаф" ва "Навбаҳор"дан олдинда“ (2022-yil 17-aprel). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  16. „“Buxoro” sport majmuasi yoritish tizimi 1900 lyuksga yetkazildi“ (2022-yil 28-aprel).
  17. „arxiv nusxasi“. 2012-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-aprel.
  18. „O'zbekiston kubogi. Finallar Toshkentdan chekinmoqda yoxud Buxoro uchun debyut“ (2022-yil 22-mart).
  19. „O'zbekiston Coca Cola kubogi. "Buxoro" stadioni final uchrashuvini o'tkazishga tayyor“. 2024-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-aprel.
  20. „Бухоро марказий стадиони бузилиб, ўрнига туризм шаҳарчаси қурилиши мумкин“ (2023-yil 12-yanvar).
  21. „Buxoro markaziy stadioni buzilib, o‘rniga turizm shaharchasi qurilishi mumkin“ (12-yanvar 2023-yil).
  22. „"Бухоро" спорт мажмуаси бузилмоқда. Буни фақат кўриш керак“ (2024-yil 21-fevral).
  23. „Buxoroda quriladigan yangi stadionning suratlari paydo bo'ldi (FOTO)“ (2024-yil 22-fevral).
  24. „Buxoroda 20 ming kishilik yangi markaziy stadion shahardagi 6-mikrorayon hududida quriladi“ (2024-yil 22-fevral).
  25. „Yangi bog‘, yangi maktab, yangi stadion - Buxorodagi yangi markaz haqida batafsil“ (2024-yil 6-fevral).