Buxoro operatsiyasi
Buxoro operatsiyasi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Rossiyada fuqarolar urushi | |||||||
Xarita (rus tilida) | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Buxoro amirligi Bosmachilar | RSFSR Yosh buxoroliklar Buxorolik bolsheviklar | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Amir Olimxon | Mixail Frunze | ||||||
Kuchlar | |||||||
16 000 nayza va otliq askar 20 ta pulemyot 55 yirik oʻqotar qurol | 12 000 ga yaqin kishi 230 pulemyot 40 ta yirik oʻqotar qurol 5 ta zirhli poyezd 11 ta samolyot 8 ta zirhli arava 5000 ga yaqin kishi | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
3000—5000 kishi[1] | 3500 kishi[1] |
Buxoro bosqini yoki Buxoro operatsiyasi — M. V. Frunze qoʻmondonligidagi (9 mingga yaqin kishi) Turkiston fronti Qizil Armiya qismlarining Yosh buxoroliklar va buxorolik kommunistlar harakati (5 mingga yaqin) koʻmagida Buxoro amirini agʻdarish maqsadida 1920-yil 2-sentyabrdagi urushi. Amir qoʻshini (16 ming kishi) asosiy kuchlar va alohida otryadlar — Xatirchi va Karmana bilan Eski Buxoro hududini egallaydi. Taxtiqoracha dovoni, Shahrisabz va Qarshida Buxoro beklarining otryadlari (27 mingdan ortiq kishi) faoliyat yuritgan. 23-avgustda Yosh buxoroliklar va buxorolik kommunistlar Chorjoʻy bekligida qoʻzgʻolon koʻtarib, Turkiston Sovet Respublikasiga yordam soʻrab murojaat qilganlar. Buxoro operatsiyasi 29-avgustda Sovet qoʻshinlari tomonidan Eski Chorjoʻy qoʻzgʻolonchilari bilan birgalikda bosib olinishi bilan boshlanadi. Chorjoʻyda tuzilgan inqilobiy qoʻmita Buxoro aholisini amirlikka qarshi kurashga chaqirgan. 2-sentyabrda Buxoroni tutun qoplagan, 1920-yil 8-oktyabrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi.
Siyosiy vaziyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]1920-yil bahoriga kelib Oʻrta Osiyoda hokimiyat uchun kurashda burilish yuz berdi. Turkiston Muxtoriyatining Rossiya asosiy hududi bilan aloqasi tiklandi. Turkiston frontining 4-armiyasi Zakaspiy mintaqasida qarshilik koʻrsatish frontlarini yoʻq qildi. Farg‘ona viloyatida bosmachilar harakatining ko‘zga ko‘ringan rahbarlaridan biri Madaminbek bolsheviklar tomoniga o‘tgan. Viloyatning nisbatan tinchlanishiga Turkistonda bolsheviklar siyosatining oʻzgarishi, boshqaruvga milliy kadrlarning faol jalb etilishiga ham yordam berdi. 1920-yil yozida Qizil Armiya qoʻshinlari Xiva xonligini tugatdi, uning oʻrnida sovetlar tarafdori boʻlgan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilgan. Farg‘ona vodiysida bosmachilarning qarshiligi davom etib, 1920-yilda 3-Turkiston diviziyasi qo‘shinlarini bir-biriga bog‘lab turgan Yettisuvda dehqonlar va kazaklar qo‘zg‘olonlari davom etgan va turkmanlar rahbari Junaydxon tomonidan Xorazm Respublikasiga doimiy xavf tahdid solib turgan. Bundan tashqari, Qizil Armiya Sovet Turkistonining quruqlik chegaralarini bir necha ming kilometr masofada himoya qilish vazifasini olgan. RSFSR rahbariyati bosmachilarga qarshi kurashdan tashqari Oʻrta Osiyoda qoʻshni Afgʻonistonda faol siyosat olib borgan Buyuk Britaniyaga qarshi sovet taʼsirini oʻtkazishni maqsad qilgan va bu ham amirni agʻdarish sabablaridan biri boʻlgan[2].
Turkiston bolsheviklari yetakchisi Kolesovning yosh buxoroliklar otryadi bilan birgalikda amir hukumatini agʻdarishga boʻlgan muvaffaqiyatsiz urinishidan soʻng Buxoro va Toshkent oʻrtasida sulh tuzilib, uning ortida ikki tomon hal qiluvchi jangga hozirlik koʻrayotgan edi. Buxoro amiri hukumati oʻz qurolli kuchlarini mustahkamlash bilan har tomonlama shugʻullangan. Amirparast ulamolar borgan sari koʻngillilarni gʻazovotga chorlay boshlashgan. 1920-yil fevral oyida amir hukumati safarbarlik kampaniyasini boshladi. Amir saroyida chor armiyasining sobiq zobitlari va oq harakat vakillari boshpana topganlar. Turkiston Respublikasi hukumati esa amirga qarshi barcha kuchlarni birlashtirishga har tomonlama harakat qiladi va bu qisman natiha beradi. 1920-yilga kelib Fayzulla Xo‘jayev boshchiligidagi „Yosh buxoroliklar“ ning chap qanoti sezilarli darajada kuchaygan. 1920-yil avgust oyida Buxoro amirligining bir qator shaharlarida qoʻzgʻolonchilarning Turkiston hukumatiga yordam soʻrab murojaatlari bilan qurolli namoyishlar boʻlib oʻtgan. Ayni paytda, har ikki tomon ham betaraflik koʻrinishini saqlab qolishga harakat qilgan. 1920-yil mart oyida Mixail Frunze amir bilan boʻlgan uchrashuvda Sovet Rossiyasi „Buxoroning hududiy yaxlitligidan eng yuqori darajada manfaatdor“ ekanligini aytgan.
Umumiy tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bolsheviklar xalqaro huquq normalarini qoʻpol ravishda buzib, 1920-yil fevralda Xiva xonligini bosib olganlaridan soʻng Buxoro amirligi sari yuzlandilar. 1920-yil may oyi boshlarida Moskvaga kelgan Turkkomissiya aʼzolari Sh. Eliava va Ya. Rudzutak RSFSR tashqi ishlar vaziri G. V. Chicheringa „Turkkomissiya ertagayoq Buxoro amirligining mustaqilligini bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi“ degan bayonotini topshirdi. 1920-yil 22-mayda RKP (b) MK byurosi Buxoroga hujum qilish toʻgʻrisidagi Turkkomissiya aʼzolarining ushbu fikrini maʼqulladi. Turkiston qoʻshinlarining qoʻmondoni M. V. Frunze Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlarni tezlashtirishni soʻrab 1920-yil 31-iyulda V. I. Leninga telegramma joʻnatgan. RSFSR qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni S. S. Kamenev bu telegrammaga „Qulay fursatda boshlashga ruxsat beriladi“ deb qisqa javob yuborgan. 1920-yil 12-avgustda M. Frunze amirlikni tugatish maqsadida Samarqand-Buxoro guruhi (fronti)ni tuzish haqida buyruq bergan. Shu tariqa amirlik chegaralariga 140 ming piyoda, 50 ming otliq askar, 100 ogʻir toʻp, 700 yengil toʻp, 4120 zambarak, 100 broneavtomobil, 100 bronepoyezd va 220 aeroplan shay holatga keltirib qoʻyilgan. Amir Olimxon ixtiyorida 80 ming sarboz, 200 eski toʻp va 25 pulemyot bor edi, xolos. Harbiy kuchlar nisbatiga koʻra Turkiston fronti zamonaviy qurollarga ega edi. 16—18-avgustda Chorjoʻyda Buxoro kommunistlarining 4 syqezdi boʻlib, u amirga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Bolsheviklarning makkorona rejalari amalga osha boshlagan. Tarixda „yalpi qoʻzgʻolon“ deb atalgan harakat 1920-yil 23-avgustda Beshim Sardor boshchiligidagi yollanma turkman otliqlarining Chorjoʻy yaqinidagi Saqor bozorni ishgʻol qilishi bilan boshlandi. Beshim Sardor va Chorjoʻy kommunistlari darhol Eski Chorjoʻyni ishgʻol qilganlar, yuzdan ortiq amaldorlar qamoqqa olingan. Chorjoʻy bekligi xazinasi qoʻlga kiritilib, bu boyliklar darhol Chorjoʻy revkomi va yangi hukumat qoʻliga utgan. Ilgaridan kelishuvga koʻra shu kuni Chorjoʻy revkomi „Butun Buxoro xalqi nomidan“ Turkiston frontiga yordam soʻrab murojaat qilgan, vaholanki Buxoro xalqi s’ezd qaroridan ham, Beshim Sardor isyonidan ham bexabar edi. Buxoro taqdiri qizil qoʻshin ixtiyoriga topshirilgandi. M. Frunze „yordam“ toʻgrisidagi murojaatni olgach, qoʻshinlarini 4 ta zarbdor guruh (Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Chorjoʻy va Kogon)ga boʻlgan. Samarqand guruhi 29—30-avgustda Shahrisabz — Kitob yoʻnalishi boʻylab harakat qilib Qarshi va Gʻuzorni egallashi, Kattaqoʻrgʻon guruhi esa shu kunlari Xatirchi, Ziyovuddin va Karmanani olishi, Chorjoʻy guruhi boʻlsa eski Chorjoʻyni egallab, Amudaryoning Afgʻoniston bilan chegaralarini nazorat qilishi, Forob va Qorakoʻlni egallab, qoʻshimcha buyruqni kutib turishi lozim edi. Asosiy vazifa Kogon guruhi zimmasiga yuklandi. U ammani va hamma narsani taladilar. Umuman qizillar Buxoroni talash uchun kelgan edilar", deb yozgandi. Buxorodan soʻng qizillar amirlik tarkibidagi 27 beklikni ham birinketin egallashgan va bu bilan Buxoro xonligita barham berganlar, uning hududida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgan. Qizil askar nayzalari ostida qilich va oʻt bilan „Buxoro inqilobi“ amalga oshirilib, sobiq yosh buxorolik jadidlardan iborat Buxoro Xalq Nozirlar Shoʻrosi (raisi Fayzulla Xoʻjayev) tashkil topdi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2kitob. Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida, T., 2000;
- Turkistan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, www.ziyouz.com kutubxonasi 760 T., 2000;
- Oʻzbekiston tarixi (1917—1991), T., 2000; Buxoro Sharq durdonasi (oʻzbek, fransuz, ingliz, rus tillarida), T., 1997. Umar Rashidov, Qahramon Rajabov.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „"Память о будущем": Бухарская "революция" (1920)“. 2016-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
- ↑ „«Пал оплот мракобесия»: как Фрунзе взял Бухару“. 2020-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |