Charx
Charx — 1) qoʻlda ip yigirishda foydalaniladigan qad. asbob. Unda, asosan, paxta, jun va boshqa tolalar yigiriladi. Koʻrinishi dasta bilan aylantiriladigan gʻildirak (baraban) shaklida boʻladi. Oʻrta Osiyoda paxta ekib, ip yigirish milod boshidayoq maʼlum boʻlgan. Paxta va jun tolasidan ip yigirish uchun oldin urchuq, keyin uni takomillashtirib, Ch. yasalgan. 18-asrda mashinada ip yigirishga oʻtilgach, Ch.ga ehtiyoj kamaygan, lekin ayrim chekka joylarda undan hali ham foydalaniladi (qarang Yigirish); 2) qaychi, pichoq, tesha, ketmon, oʻroq va boshqa kesuvchi asboblarni oʻtkirlash (charxlash) uchun ishlatiladigan asbob. Dastaki va elektr Ch.lar bor. Dastaki Ch. doirasini charxchi oyoqsa tepkiga bosib aylantiradi. Hunarmandlar (mac, degrezlar, misgarlar, kulollar) chuyan buyumlar qolipi yasaladigan, mis va sopol buyumlar sirti silliqlanadigan asboblarni ham Ch. deb atashadi; 3) ayrim asboblar va qurilmalarning aylanadigan qismi. Masalan, charxlash stanogintlpt abraziv (jilvir) doirasi Ch. hisoblanadi.
Charx-arqoq naychalarini o‘rash uchun foydalaniladi, yigiruv dastgohi.[1][2]
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Milliy avrli gazlamala ishlab chiqarish texnologiyasi. Fargʻona, 2022-yil
- Texnologik jarayonlarni loyihalash. Toshkent, 2012-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |