Mol

Qoramolsut emizuvchilar oilasiga mansub asosiy uy xayvonlari. Kelib chiqishi, taraqqiyoti va hayotining biologik xususiyatlariga koʻra, xonaki—uy hayvonlari, turlari boʻyicha — yirik shoxli qoramol, mayda shoxli qoramol (qoʻy-echki ), yilqi, tuya va hokazolarga bo'linadi. Nasl sifatiga qarab "zotli mol", "nasldor mol", "xashaki Mol" guruhlariga boʻlinadi. Foydali xo'jalik belgilari, asosan, mahsuldor mollar (qoramol, qoʻy, echki, cho'chqa va hokazo) va yuk tashuvchi hayvonlar (tuya, ot, eshak, xachir) guruhini tashkil etadi. Yemishini xazm qilish xususiyatlariga binoan, mollar kavsh kaytaruvchi (qoramol, qo'y, echki, tuya) va kavsh qaytarmaydigan hayvonlar (ot, eshak, choʻchqa) guruhini hosil qiladi. Xonaki Mollar tuyoq tuzilishiga koʻra, toq tuyoqli hayvonlar (ot, eshak, xachir) va juft tuyoqli hayvonlar (qoramol, kuy, echki, choʻchqa)ga boʻlinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil