Eski Imaret masjidi

Masjid
Eski Imaret masjidi
turkcha: Eski Imaret Camii
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Fotih tumani, Zeyek mahallasidan 1 km shimoli-gʻarbda
Koordinatalar 41°1′18″N 28°57′18″E / 41.02167°N 28.95500°E / 41.02167; 28.95500
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi xoch gumbazli ibodatxona
Meʼmoriy uslub Vizantiya meʼmorchiligi
Binokorlik ???—1087-yildan biroz oldin
Qurilish materiali gʻisht, tosh

Eski Imaret masjidi (turkcha: Eski Imaret Camii) – Usmonlilar imperiyasi tomonidan masjidga aylantirilgan sobiq Vizantiya imperiyasi cherkovi. Cherkov Iso Masih Pantepoptes monastiriga tegishli ekanligi aniqlangan boʻlib (grekcha: Μονή του Χριστού Παντεπόπτη), „Hamma narsani koʻruvchi Masih“ degan maʼnoni anglatadi. Ushbu bino Istanbuldagi XI asrda saqlanib qolgan yagona hujjatlashtirilgan cherkov hisoblanadi. Biroq bino oʻrta asrlar Vizantiya meʼmorchiligining asosiy yodgorligi hisoblanishiga qaramay, shahardagi eng kam oʻrganilgan inshootlardan biri boʻlib qolmoqda.

Eski Imaret masjidi Istanbul shahri, Fotih tumani, eski devor bilan oʻralgan shahar ichidagi eng qashshoq hududlardan biri boʻlgan Zeyrek mahallasidan deyarli 1 kilometr shimoli-gʻarbda joylashgan.

1087-yillarda, Vizantiya imperatori Alexius I Comnenusning onasi Anna Dalassena Konstantinopolning yetti tepaligining toʻrtinchi choʻqqisida Christos Pantepoptesga bagʻishlab monastir qurdirgan va oʻzi umrining oxirida imperatorlik odatiga koʻra nafaqaga chiqqan[1]. Monastirda, shuningdek, Pantepopteslarga bagʻishlangan cherkov ham mavjud boʻlgan.

1204-yil 12-aprelda Konstantinopolning fathi davomida imperator Alexios V Doukas Mourtzouphlos monastir yaqinida oʻz qarorgohini oʻrnatgan. Shu sabali ham Enriko Dandolo shaharga hujum qilishdan oldin qoʻmondonligi ostidagi Doge Venetsiya flotini Evergetes monastiri va Blaxernadagi Avliyo Maryam cherkovi oʻrtasiga joylashtirgan[2]. Keyinchalik bino salibchilar tomonidan vayron qilingan va Rimdagi San Giorgio Maggiore shahridan tashrif buyurgan Benedictine rohiblariga topshirilgan[3]. Konstantinopolning lotinlar tomonidan bosib olinishi davrida (1204–1261) bino Rim-katolik cherkoviga aylantirilgan.

1453-yilda Usmonlilar imperiyasi Konstantinopolni bosib olgandan soʻng, cherkov masjidga aylantirilgan, monastir binolaridan esa zaviye[4], madrasa va oʻsha paytda qurilayotgan Fotih masjidi uchun imorat sifatida foydalanilgan[5].

Majmua yongʻinlar natijasida bir necha marta vayron boʻlgan, monastirning soʻnggi izlari esa taxminan bir asr oldin yoʻqolib ketgan[1]. 1970-yilgacha binodan madrasa sifatida foydalanilgan, buning natijasida binoni arxitekturaviy jihatdan oʻrganish imkonsiz boʻlgan. 1970-yilda masjid qisman yopilgan va turk arxitektori Fikret Çuhadaroğlu tomonidan qayta tiklangan.

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ichki koʻrinishi

Bino Oltin shox hududiga qaraydigan qiyalikda joylashgan boʻlib, har tomondan oʻralgan, bu esa binoning tashqi koʻrinishini oʻrganishni qiyinlashtiradi. Masjid devori gʻisht va toshdan qurilgan. Masjid Konstantinopolda joylashgan eng qadimgi bino boʻlib, unda Vizantiya imperiyasi meʼmorchiligiga xos boʻlgan uslublarni kuzatish mumkin[6].

Masjid xochli markaziy gumbaz va toʻrt qubbadan iborat.

Binoning joylashuvi: Orqa fonda Sulaymoniya masjidi va Beyazit minorasi

Ushbu binoning oʻziga xos xususiyati U shaklida qurilgan galereyasi hisoblanadi. Galereya imperatorning onasiga atab, faqatgina uning shaxsan oʻzi foydalanishi uchun qurilgan boʻlishi mumkin[1].

Istanbuldagi koʻplab Vizantiya meʼmorchiligi uslubida qurilgan cherkovlarida boʻlgani kabi, Eski Imaret masjidida ham oʻtish joyiga suyab turish maqsadida toʻrtta ustun qoʻyilgan[1].

Usmonlilar imperiyasi davrida dubulgʻaga oʻxshash shaklga ega boʻlgan gumbaz 1970-yilda restavratsiya qilingan.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Mathews (1976), p. 59
  2. Van Millingen (1912), p. 214
  3. Jacobi (2001), p. 287
  4. A Zaviye was a building designed specifically for gatherings of a Sufi or dervish brotherhood.
  5. Müller-Wiener (1977), Sub Voce.
  6. Krautheimer (1986), p. 400