Furqat Esonboyev

Furqat Esonboyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Furqat Erkinovich Esonboyev
Tavallud sanasi 12-fevral 1961-yil (1961-02-12) (63 yosh)
Tavallud joyi

Boʻka tumani

Toshkent viloyati Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 182 sm
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sovet Ittifoqi G.Titov BOʻSM
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1979 Sovet Ittifoqi Paxtakor
1980—1981 Sovet Ittifoqi Yoshlik 14 (2)
1981 Sovet Ittifoqi Yangiyer 21 (5)
1982—1984 Sovet Ittifoqi Start 96 (12)
1985—1987 Sovet Ittifoqi Kosonsoy 97 (34)
1988 Sovet Ittifoqi Sohibkor 32 (15)
1989 Sovet Ittifoqi Yoshlik 18 (4)
1989 Sovet Ittifoqi Yangiyer 13 (10)
1990 Sovet Ittifoqi Kosonsoy 29 (18)
1990 Sovet Ittifoqi Yangiyer 7 (5)
1990—1992 Sovet Ittifoqi/Oʻzbekiston Kimyogar Olmaliq 66 (43)
1992 Oʻzbekiston Andijon 11 (11)
1993 Oʻzbekiston MHSK 15 (4)
1993—1997 Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona 111 (41)
1998 Oʻzbekiston Metallurg Bekobod 21 (4)
Boshqargan klublari
1999 Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona
2007—2008 Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona
2014 Oʻzbekiston Oqtepa
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Furqat Erkinovich Esonboyev (12-fevral 1961-yil, Boʻka tumani, Toshkent viloyati) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va murabbiy. Futbolchilik davrida „Paxtakor“, Soʻgʻdiyona", „Andijon“ va „MHSK“ jamoalarida oʻynagan.

Futboldagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futboldagi dastblabki bilimlarini Toshkentdagi G.Titov nomidagi RUOR da taʼlim olgan. Professional faoliyatini 1979-yilda „Paxtakor“ jamoasi oʻrinbosarlar tarkibida boshladi. 1980-yilgi mavsumda Jizzaxning „Yoshlik“ (hozirda „Soʻgʻdiyona“ nomi bilan ataladi) jamoasiga oʻtdi. Esonboyev Jizzaxliklar safida bir necha mavsum toʻp surdi va jamoa tarixidagi eng yaxshi hujumchi hisoblanadi. Turli yillarda Yangiyer, Start, Kosonsoy, Sohibkor, Andijon, Kimyogar, MHSK va Metallurg jamoalarida toʻp tepgan. Namanganning „Kosonsoy“ va Olmaliqning" Kimyogar" jamoalarida SSSR ikkinchi ligasida toʻpurarlar safidan oʻrin olgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach ilk bor oʻtkazilayotgan Oliy ligada (hozirda Oʻzbekiston Superligasi) ham toʻpurarlik mahoratini namoyish etishda davom etdi. 1992-yilgi Oliy liganing dastblabki mavsumida birinchi boʻlib, „Andijon“ jamoasi safida „Shahrixon“ jamoasiga qarshi oʻyinda 5 ta gol muallifi boʻlgan[1]. Esonboyev futbolchilik faoliyatini 1998-yil Bekobodning „Metallurg“ jamoasi safida yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yilgi mavsumda murabbiylik faoliyatida boshladi va „Soʻgʻdiyona“ jamoasi murabbiylar shatabida ishladi. 2007—2008-yilgi masvumda Jizzaxliklar jamoasini Oʻzbekiston Pro ligasidan Oʻzbekiston Superligasiga chiqishida katta ishni bajardi. 2014-yilgi mavsumda Toshkentnng „Oqtepa“ jamoasida bosh murabbiy boʻlib ishlagan[2][3].

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Furqat Esonboyevning oʻgli Shahboz Erkinov ham futbolchi.