Gaz
Gaz — 1) uzunlik va masofani oʻlchash uchun moʻljallangan qadimiy oʻlchov birligi; arshin. Oʻrta Osiyo, shu jumladan Oʻzbekistonning baʼzi joylarida zar deb ham yuritilgan. Qiymati 0,71 m deb qabul qilingan. Gaz 3 xil usulda aniqlangan: 1-usulda uzatilgan qoʻlning barmoqlar uchidan yelkagacha boʻlgan masofa (70-75 sm) (birinchisi); koʻkrakning oʻrtasigacha boʻlgan masofa (80-G-90 sm) (ikkinchisi); to ikkinchi yelkagacha boʻlgan masofa (105-5-110 sm) (uchinchisi). 2-usulda G.ning oʻlchami 1 barmoq=6 arpa doni (1 arpa doni 6 ishchi ot yoliga teng) orqali aniqlanadi. Oʻzbekiston hududida 1G.=24 barmoq boʻlgan; agar 1 barmoq 2,18+2,28 sm boʻlsa, 1G. taxminan 52,32-^54,72 sm boʻlgan. 3-usul boʻyicha Gazning oʻlchami mushtum (tutam) orqali aniklanadi. Bunda 1 mushtum 4 barmoqqa tengligidan, shuningdek bosh barmoqning koʻtarilgan holatdagi uzunligi 3 barmoqqa tengligidan yangi uzunlik oʻlchov birligi — "mushtum koʻtarilgan bosh barmoq bilan" paydo boʻladi va u miqdor jihatidan 7 barmoq qiymatiga teng hisoblanadi. Shulardan 1G.=6 mushtum + 1 mushtum koʻtarilgan bosh barmoq bilan = 6-4 barmoq + 7 barmoq =31 barmoq. Demak, bu usulda 1G. 31 barmoqqa teng ekan. Endi 1 barmoqning oʻrtacha 2,18+2,28 sm ga tengligidan 1 G.ning qiymati aniqlanadi: 1G.= 31 barmoq =31 (2,18+2,28)=b7,58+70,68 sm.
Qayerda va nima uchun ishlatilishiga qarab Gazning qiymati har xil boʻlgan: Xorazmda gaz ikki xil oʻlchovga ega boʻlgan: yer oʻlchash uchun, mato oʻlchash uchun, yaʼni 1 yer G.i=49 barmoq, 1 mato G.i=28 barmoq; 1 barmoq Xorazmda 2,078 sm ekanligi hisobga olinsa, 1 yer G.i=101,882 sm; 1 mato G.i=58,184 sm ekanligi kelib chiqadi. Agar 1 barmoqni 2,18 sm ga teng deb olinsa, unda 1 yer G.i=49-2,18=106,82 sm; 1 mato G.i=28-2,18=61,04 sm ekanligi kelib chiqadi. Buxoroda ham ikki xil G. oʻlchami qoʻllangan. Birinchisi — oddiy G. 24 barmoqqa teng . Har bir bar-moq (Xorazmdagidek) 2,078 sm ga teng kilib olingan. Shunda 1G.=24 barmoq = 49,875 sm boʻlgan. Ikkinchisi Buxoro qarisining uchdan biriga teng boʻlgan. Buxoro shoh G.i 106,82 sm ga teng . Yana G.ning ikki shoh G.iga teng boʻlgan qiymati ham boʻlgan va u xalq orasida katta G. deb ham yuritilgan. Buxoroda 1740-yildan boshlab qiymati 36 barmoqqa teng boʻlgan G. ham qoʻllangan. Uning qiymati 1G.=36barmoq = 36-2,18=78,48 sm boʻlgan. Samarkand, Toshkent va Fargʻonada ham gazning ikki xil qiymati qoʻllangan. Ulardan biri 40 barmoqqa, ikkinchisi esa 49 barmoqqa teng boʻlgan. 1 barmoq = 2,18 sm ekanligidan birinchisi — 1G.=40 barmoq = 87,2 sm; ikkinchisi — 1G.=49 barmoq=106,82 sm. Gaz amadda ming yillardan beri qoʻllanib kelingan Xoz. kunda ham gaz xalq orasida, ya-vni muomalada miqdori 0,71 m boʻlgan uzunlik oʻlchovi birligi sifatida qoʻllanilmoqda; 2) azaldan xalq orasida qoʻllanib kelingan, uzunlik jihatidan 0,71 m ga teng boʻlgan arshin yoki olchin kabi uzunlik oʻlchov vositasi — reyka; 3) Oʻzbekistonning baʼzi joylarida G. hajm oʻlchov birligi. Masalan, G. bilan moy hajmi oʻlchangan, 1G. hajm = 310-=-325 kub sm ga teng boʻlgan, bu esa 0,310+0,325 l ga toʻgʻri keladi; 4) toʻqimachilikda — polotno oʻrishda toʻqilgan yengil shoyi gazlama; harir gazdan durra, sharflar tikiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Ahrorov N., Qadimiy oʻlchov birliklari, T., 1996.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |