Gunnar Myrdal

Karl Gunnar Myrdal (1964)

MYURDAL (Myrdal) Gunnar (1898.6.12, Gustafs, -1987.17.5, Stokgolm) — shved iqtisodchisi, siyosatchi va xalqaro arbob. Jahon iqtisodiyoti tadqiqoti institutining asoschisi va direktori, BMT ning Yevropa uchun Iqtisodiy komissiyasi Bosh kotibi (1947— 57). Stokgolm universitetida xalqaro iqtisodiy munosabatlar professor (1961-yildan). Iqtisodiy taxdilga kutiladigan va amaldagi oʻzgaruvchanliklar atamalarini kiritdi hamda ularning iqtisodiy muvozanatning vujudga kelishiga taʼsirini koʻrsatdi. "Amerika dilemmasi: negrlar muammosi va zamonaviy demokratiya" (1944), "Urushdan keyingi optimizmga karshi ogohlantirish" (1944), "Iqtisodiy nazariya va past rivojlangan mintaqalar" (1956), "Osiyo dramasi: xalqlar qashshokligining tadqiqoti" (1968), "Oqimga qarshi: iqtisodiyot boʻyicha tanqidiy ocherklar" (1973) asarlarida murakkab matematik-iqtisodiy nazariyalarning yaratilishini tanqid qildi, iqtisodiy muvozanatlar muammolarini, past rivojlangan mamlakatlarga iqtisodiy yordam koʻrsatishning shu mamlakatlar uchun salbiy oqibatlarini tadqiq etdi. M. pul nazariyasi, iqtisodiy tebranishlar, iqtisodiy, ijtimoiy va in-stitutsional hodisalarning oʻzaro aloqadorliklarini taxliliga bagʻishlangan asarlar yozgan. Nobel mukofoti laureata (1974; Friedrich Hayek bilan birgalikda)[1].