Hind-yevropa tillari
Hind-yevropa tillari | |
---|---|
Joʻgʻrofiy taqsimlanishi: | — |
Lingvistik turkumlanishi: |
|
Boʻlinishi: | |
Yevrosiyo boʻylab Hind-yevropa tillarining tarqalishi |
Hind-yevropa tillari — Yevro siyoda mavjud boʻlgan, keyingi bep! asr mobaynida esa Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, qisman Afrikada ham tarqalgan yiriktil oilalaridan biri. Qiyosiy-tarixiy metod. shunga muvofiq ravishda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik ham keyinchalik hind-yevropa tillari deb atalgan bir qancha tillarni oʻrganish asosida paydo boʻlgan. Shu sababli ham Hind-Yevropa tillari genetik aloqalariga koʻra tillarning alohida birlashish shakli sifatida faraz qilingan dastlabki til oilasi hisoblanadi. Odatda fanda boshqa til oilalarini ajratish, belgilash bevosita yoki bilvosita Hind-Yevropa tillarini oʻrganish tajribasiga tayanadi. Shuningdek, boshqa til guruhlari uchun qiyosiy-tarixiy grammatika va (etimo-logik) lugʻatlar tuzishda ham Hind-Yevropa tillari uchun tuzilgan ana shunday ishlar tajribasi hisobga olinadi.
Hind-Yevropa tillarining tarkibi quyidagilardan iborat: I) xett-luviy yoki anatoliy guruhi (Kichik Osiyo-da) 2 xilma-xil xronologik davrga mansub bir qancha tillarni qamrab oladi. Bular: mil.av 18–13-asrlardagi mixxatl\\ xett yoki nesit (ilk yodgorligi – xett podshosi Anittasning bitiklari, keyinroq – diniy maro-sim, mifologik, tarixiy, siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, epik va boshqa maz-mundagi matnlar), mixxatli luviy, palay tillari; oraliq davr deb hisoblanuvchi miloddan avvalgi 9–8-asrlardagi iyerog-lifik xett tili; miloddan avvalgi 7–3-asrlarda (antik davrda) mavjud boʻlgan likiy, lidiy, kariy, sidet va boshqa qad. tillar-dir. 19-asr oxirlari va 20-asrda xett-luviy tillari materiallarining oʻrga-nilishi qadimgi Hind-Yevropa tillarining tipi haqidagi tasavvurlarga ham, hindev-ropa bobo tilining qurilishi qanday boʻlganligi haqidagi tushunchaga ham juda katta oʻzgartirishlar kiritdi; 2) hind yoki hind-oriy gu-ruhi (Hindiston yarim orolining shimoliy qismi, Shri Lanka oroli) 3 davrga mansub tillardan iborat. Bular: qad. davrdagi veda tili (miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshlarida yaratilgan "Rigveda" gimnlar toʻplami), mumtoz, epik va budda variantlariga ega boʻlgan sanskrit tili; oʻrta davrga mansub prakritlar – oʻrta hind tillari: pali, payshachi, magad-hi, apabhransha va boshqa tillar; yangi davrga mansub hindiy, bihar, bengal, as-som, oriya. marathiy, singal, sindhi, lendi, panjobi, rajasthani, gujarot, khandeshi, paxari, nepal, pariya (yaqinda Oʻrta Osiyoda aniqlangan). loʻli (Hindistonning oʻzida bir necha shevalarga ega hamda jahon boʻylab bir qancha variantlarda tarqalib ketgan) tillari; 3) eroniy guruhdagi tillar ham 3 davrga mansub boʻlib, bular quyidagilardir: qad. davrdagi avesto (muqaddas matnlar toʻplami"Avesto" yodgorligi tili), qad. fors (axomaniylar davridagi, miloddan avvalgi 6– 4-asrlarga mansub mixxat yozuvlari tili), midiy, skif tillari; oʻrta eroniy davr (miloddan avvalgi 4–3-asrlar – milodiy 8–9-asrlar)ga mansub oʻrta fors (yoki pahlaviy), parfiya, sugʻd, xorazmiy, baqtriya, alan tillari; yangi eroniy davr tillari esa fors (forsiy, for-siyi dari), tojik, pushtu (pashtoʻ, afgʻon), yozuvga ega boʻlmagan luriy va baxtiyoriy lahjalari, baluj (baluch), tot, tolish, gilon va mozandaron, Markaziy va Gʻarbiy Eron lahjalari, parachi, ormuri, qumzori, munjon, yagʻnob, osetin tillari, shuningdek, koʻplab pomir tillari; 4)toxar gu-ruhi "toxar A" (sharqiy toxar yoki turfon) va "toxar B" (garbiy toxar yoki kuchan) tillaridan iborat; 5) arman tilit qad. (milodiy 5–11-asrlar), oʻrta (12–16-asrlar) va yangi (17-asrdan) arman tili oʻzaro farqlanadi; 6) fri-giy tili (Kichik Osiyoning gʻarbiy qismi) miloddan avvalgi 8–3-asrlarga mansub qad. frigiy bitiklaridan maʼlum oʻlik til; 7) frakiy tili (Bolqonning sharqiy qismi va Kichik Osiyoning shim.-gʻarbida) – miloddan avvalgi 6–5-asrlarga mansub bir qancha bitiklardan maʼlum oʻlik til; 8) illiriy guruhi (Bolqonning gʻarbiy qismi va qisman Italiyaning janubi-sharqida) miloddan avvalgi 6– 1-asrlarga mansub, bir qancha lugaviy birliklar, shaxs va joy nomini bildiruvchi soʻzlarda saqlanib qolgan oʻlik illiriy va messap tillaridan iborat; 9) alban tili milodiy 15-asrga mansub yozma yodgorliklardan boshlab maʼlum; 10) venet tili (Italiyaning shim.-sharqi-da) miloddan avvalgi 6–1-asrlarga mansub 250 dan ortiq bitiklar orqali maʼlum boʻlgan oʻlik til; II) yunon (grek) gu-ruhi asl yunon (qad. grek. – miloddan avvalgi 15– 11-asrlar), Gomer dostonlari tili (miloddan avvalgi 10–9-asrlar), oʻrta grek tili (milodiy 1 –15-asrlar) kabi oʻlik tillarni hamda yangi, zamonaviy grek tilini qamrab oladi; 12) italiy guruhi (Apennin yarim orolida) qad. davrdagi lotin tilini (dastlab Rim shevasi maqomida boʻlib, keyinchalik butun Italiyaga, Yevropaning katta qismiga, Shimoliy Afrikaga tarqalgan, miloddan avvalgi 6-asrga mansub bitiklardan maʼlum oʻlik til), osk, falisk, umbr, sikul tillarini hamda yangi davrdagi roman tillarinn qamrab oladi; roman gurui fransuz, oksitan (provansal), ispan, katalan, gali-si(ya), portugal, italyan, sard, reto-roman, rumin, moldovan (rumin), arumin (aromun) va 19-asrdan oʻlik hisoblanadigan dalmatin tillaridan iborat.
Roman tillari asosida esperanto kabi xalqaro sunʼiy tillar paydo boʻlgan; 13) kelt guruhi (Gʻarbiy Yevro-paning chekka qismi – Irlandiya va Shotlandiyadan Pireney yarim oroligacha boʻlgan hududda) 3 guruhchaga (gall, britt, goydel) boʻlinadi. Bu guruhga gall (oʻlik), uels, breton, korn (oʻlik), irland, shotland (gel), kelt, keltiber, men (oʻlik) va boshqa tillar kiradi; 14) german guruhi oʻz navbatida 3 guruhchaga boʻlinadi: sharqiy german [oʻlik tillar – got (milodiy 4-asrdan maʼlum), vandal, burgund va boshqa[, gʻarbiy german [yuqori nemis, nemis, itsish (yangi yahudiy). quyi nemis, niderland (golland), fla-mand, afrikaans (bur), qad. ingliz (oʻlik), ingliz, friz tillari] va shimoliy german [island, dan (dat), shved, norveg (bir-biridan farqlanuvchi 2 adabiy shakli bor), farer tillari] gu-ruhchalari; 15) boltiq guruhi odatda gʻarbiy boltiq |prus, yatvyaj (sudav), galind (golyad), shalav kabi oʻlik tillar| va sharqiy boltiq (lit-va, latish – jonli tillar, kursh, selon – oʻlik tillar) guruhchalariga ajraladi; 16) slavyan guruhi ham oʻz navbatida 3 guruhchaga boʻlinadi: janubiy slavyan |eski slavyan (10– 11-asr yodgorliklaridan maʼlum oʻlik til) va jonli tillar: bolgar, makedon, serbxorvat, sloven tillari|, gʻarbiy sla-vyan (chex, slovak, polyak, kashub kabi jonli tillar hamda oʻlik polab tili va boshqa bir qancha lahjalar) va sharqiy slavyan (rus, ukrain, belorus tillari) guruhchalari.
Shubhasiz, yuqoridagilardan boshqa Hind-Yevropa tillari ham mavjud boʻlgan. Ularning baʼzilari izsiz yoʻqolib, "oʻlib" ketganlar, baʼzilari esa u yoki bu dara-jada toponimika materiallarida hamda substrat soʻzlarda saqlanib qolgan. Yana boshqa bir tillarning (mas. etrusk tili) esa Hind-Yevropa tillariga mansubligi masalasi hanuzgacha hal etilmagan.
Hind-Yevropa tillarining davr va makon qamrovi juda ulkan: davr nuqtai nazaridan Hind-Yevropa tillarit. mavjudligi miloddan avvalgi 2-ming yillik avvalidan boshlansa, makon nuqtai nazaridan esa gʻarbda Atlantika okeani qirgʻoqlaridan sharqda Markaziy Osiyogacha, shimolida Skandinaviyadan janubida Urta dengizgacha boʻlgan ulkan hududda mavjud boʻlgan; keyingi 500 yil ichida ingliz, ispan, fransuz, portugal, niderland, rus kabi yangi Hind-Yevropa tillarining keng tarqalishi, yoyilishi bu tillarning barcha qitʼalarda paydo boʻlishiga, asosiy yoki ikkin-chi, yordamchi til sifatida qoʻllana boshlashiga sabab boʻldi. Hind-Yevropa tillarining tarqalishida tabiiy-tarixiy tarzda yoki mustamlakachilik siyosati tufayli roʻy bergan aholi (xalklar, elatlar) migratsiyasi ham katta rol oʻynagan.
Hind-Yevropa tillari tarmogʻining dialektal boʻlinishi xususiyatlaridan biri sifatida hind-oriy tillari bilan eroniy tillarning, boltiq tillari bilan slavyan tillarining juda yaqinligini, italiy va kelt tillarining esa bir qadar yaqinligini koʻrsatish mumkin. Bunday yaqinlik va oʻxshashliklar boshqa til guruhlarida ham kuzatiladi.
Hind-yevropa tilshunosligi tarixining bir yarim asrdan koʻproq davri mobaynida Hind-Yevropa tillarining tarkibi haqidagi tushuncha odatda tillarning koʻpayib borishi tomon oʻzgargani kabi (mas, Hind-Yevropa tillarining dastlabki yadrosi, oʻrganilish obʼyekti sanskrit, yunon, lotin, german tillari boʻlgan boʻlsa, keyinchapik bu doira kelt, boltiq, slavyan tillari, alban va arman tillari, 20-asrda esa xett-luviy va toxar tillari hisobiga kengaydi), bu tushuncha hozir ham unchalik barqaror emas, chunki hali chuqur oʻrganilmagan, toʻla oʻqish imkoni boʻlmagan tillar anchagina. Rus olimi V.M.Illich-Svitich tomonidan Hind-Yevropa tillarit.ning yanada qadimiyroq qarindoshlik aloqalari haqidagi nazariya ilgari surilgan. Unga koʻra, Hind-Yevropa tillarining "nostratik" deb ataluvchi va som-hom (afroosiyo), ural, oltoy, dravid va kartvel singari yirik til oilalarini qamrab oluvchi ulkan oila bilan qarindoshlik aloqalari bir qator fo-netik va qisman morfologik moslik (oʻxshashlik)lar bilan isbotlangan. Hind-Yevropa tillarini oʻrganish, birinchidan, qiyosiy-tarixiy metodnnng kelib chiqishiga va qiyosiy-tarixiy tilshunosliknnng paydo boʻlishiga, ikkinchidan, bu sohaning qiyosiy-tarixiy tilshunoslikdagi alohida bir boʻlim – hindevropashunoslik tarzida shakllanishiga sabab boʻldi.
LL.Meye A., Vvedsniye v sravnitslnoye izuchenis indoyevropeyskix yaznkov, psr. s angl., M.-L., 1938;Porsig V., Chleneniye indo-yevropeyskoy yaznkovoy oblasti, per. s nsm., M., 1964; Ivanov V.V., Obsheindoyevro-peyskaya, praslavyanskaya i anatoliyskaya yazm-kovms sintezm, M., 1965; Il l i ch-S vitmch V.M.. Opnt sravneniya nostraticheskix yazn-kov. Sravnitelnny slovar [t. 1–3|, M., 1971–84; Yazmki Azii i Afriki, t. 1–2. In-doyevropeyskiye yaznki, M., 1976–78; Gamk-relidze T.V., Ivanov V.V., Indo-yevropeyskiy yaznk i indoyevropeysn. Rekon-struksiya i istoriko-tiiologicheskiy analiz prayazmka i protokulturn, kn. 1–2, Tbilisi, 1984; Sravnitslnoye yazmkoznaniye i istoriya yazmkov. L., 1984.
Abduvahob Madvaliyev, Ilhom Madrahimov, Oʻroq Lafasov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |