Issiqlik muvozanati

Issiqlik muvozanati - modda almashinuvisiz sistemalar issiklik kontaktiga keltirilganda ularning tralari oʻzgarmaydigan termodinamik xolat. Agar ikki termodinamik muvozanatli sistemalarni modda alma-shinuvsiz issiklik kontaktiga keltirilganda issiklik almashinuvi sodir boʻlmasa, ularning holatlari oʻzgarmay-di va ular I. m. da boʻladi; issiklik almashinuvi sodir boʻlsa, ularning muvozanatli holatlari buziladi (biri qiziydi, ikkinchisi soviydi) va bir qancha vaqtdan keyin ikkala sistema boshqa I. m. li holatga keladi.

Termodinamikaning asoslaridan biri: sistemaning harorati darajasini va uning oʻzgarishini aniqlaydigan I. m. li holatning funksiyasi — temperatura mavjudligidir. Jismning har bir I. m. li holati (haroratning har bir darajasi) ga shu jism xossasining (mas, hajm oʻzgarishi, elektr oʻtkazuvchanlik, nurlanish) birgina qiymati mos keladi; jism xossasining oʻzgari-shiga mos uning temperaturasi qiymatlari aniqlanadi. Bu etalon jism (termometr) ni boshqa sistema bilan issikdik kontaktita keltiriladi va I. m. ga kelganda ularning tralari aniqlanadi; ikki jism I. m. da boʻlsa, ular bir xil temperaturaga ega boʻladi.

Agar V va S sistemalar bilan A sistema I. m. da boʻlsa, tajriba koʻrsatadi-ki, Vva S sistemalar oʻzaro I. m. daboʻladi. Bu tranzitiv xossaga, asosan, termometrdan foydalanib, sistemalarning tralari aniqlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil