Djaxongir Shirinov

Jahongir Shirinov
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-aprel 1982-yil (1982-04-10) (42 yosh)
Buxoro viloyati
Maʼlumoti Toshkent davlat yuridik instituti

Jahongir Jabborovich Shirinov(1982-yil 10-aprelda Buxoro viloyatida tavallud topgan) — oʻzbek huquqshunosi va siyosatchisi. Jahongir Shirinov III va IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. O‘zbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi aʼzosi.

Jahongir Jabborovich Shirinov 1982-yil 10-aprelda Buxoro viloyatida tavallud topgan. Jahongir Shirinov Toshkent davlat yuridik instituti va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida oʻqishni oliy maʼlumotga ega boʻlgan holda tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2002-yilda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim maslahatchisi lavozimida boshlagan.2002—2006-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini monitoring qilish markazida boshqarmasida katta maslahatchisi, so‘ngra yetakchi maslahatchi, keyinchalik yetakchi maslahatchi, bosh maslahatchi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.2011—2012-yillarda Adliya vazirligining Qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish bosh boshqarmasi bo‘limini boshqargan. 2012—2014-yillarda Davlat, nodavlat, notijorat va diniy tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.2015-yilda III chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylanga[1].2020-yilda esa yana bir muddatga qayta saylangan va Korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi aʼzosi lavozimiga tayinlangan. Jahongir Shirinov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sud-huquq masalalari bo‘yicha faoliyat olib boradi[2].

  1. „ШИРИНОВ Джахонгир Джабборович | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  2. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.