Kafedra
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kafedra (yun. kathedra — oʻrindiq, kursi) — 1) oʻqituvchi, maʼruzachi, notiq uchun moʻljallangan joy; 2) oliy oʻquv yurtlarida bir yoki bir-biriga yaqin bir necha fanlardan oʻquv, metodika va ilmiy tadqiqot ishlari olib boruvchi, shuningdek, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlovchi, mutaxassislar malakasini oshiruvchi asosiy boʻlim. Kathedraga, odatda, professor, fan doktori rahbarlik qiladi (dotsent, fan nomzodi ham rahbarlik qilishi mumkin). Kathedra tarkibiga proferror, dotsent, assistent, katta oʻqituvchi, katta va kichik ilmiy xodim, aspirant va boshqalar kiradi. Kathedra oʻz laboratoriya va kabinetiga ega boʻladi. Unga leksiyalar, laboratoriya ishlari, amaliy va oʻquv mashgʻulotlari, seminarlar oʻtkazish, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti, tadqiqot ishlari, kurs va diplom loyiha(ish)lariga rahbarlik qilish va boshqalar vazifalar yuklatilgan. Kathedralar umuminstitut (universitet) va fakultet K.lariga boʻlinadi. Umuminstitut (universitet) Kathedralar oliy oʻquv yurtining barcha yoki koʻpchilik fakultetlarida oʻqitiladigan umumiy ilmiy fanlar, fakultet Kathedralari muayyan fakultetda oʻtiladigan maxsus fanlar bilan shugʻullanadi; 3) xristianlik cherkovida vaʼz etiladigan baland minbar.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |