Kirill alifbosi

Kirill yozuvi — qad. slavyanlarning ikki alifbosidan biri (ikkinchisi — glagolitsa). "K." atamasi xristianlikning slavyanlar orasidagi targʻibotchiisi Kirill nomi bilan bogʻliq. Kirill alifbosi yunonlarning unsial yozuvi asosida paydo boʻlgan. Slavyanlardagi tovushlarni ifodalash uchun mazkur yunon yozuvida harflar (jami 24 ta) yetishmas edi. Bu tovushlar uchun maxsus (baʼzilari glagolitsa bilan bogʻliq holda) belgilar yaratildi.

Kirill alifbosining qad. yodgorliklari qad. bulg'or Mostich (10-asr), shoh Samuil (11-asr) qabrtosh xatlari, Suprasl (16-asr) yilnomasi va boshqa; sharqiy slavyanlar boʻyicha esa Ostromir Injili, Beresta (qayin poʻstlogʻiga yozilgan) yorliqlari va boshqalardan iborat. Kirill alifbosini dastlabki pravoslav slavyanlar va, shuningdek, ruminlar (19-asrgacha) qoʻllagan. Kirill alifbosining tarkibi va shakllari vaqt-vaqti bilan oʻzgartirib turilgan. Rossiyada 1708-yil Petr I farmoyishiga koʻra, bosma Kirill alifbosi raqami isteʼmoldan chiqarilgan. Bolgar, belorus, rus, serb, ukrain yozuvi slavyan Kirill alifbosi asosida (qoʻshimcha harflar va diakritik belgilar kiritish bilan) yaratilgan. Koʻpgina xalqlar rus tilida 1930— 40-yillarda amalda boʻlgan Kirill alifbosiga ayrim oʻzgartishlar kiritib, oʻz yozuvlarini belgiladilar. Oʻzbekistonda 1940 yil mazkur yozuvdan щ, ы harflarini chiqarib tashlab, ў, қ, ғ, х, harflarini ilova qilgan holda rus Kirill alifbosii qabul qilindi. 1996-yil lotin yozuvi asosidagi oʻzbek alifbosiga oʻtila boshlandi.[1]

Kirill alifbosi – yozuv tizimidir. Bugungi kunda bu yozuvdan koʻp xalqlar foydalandi. Hozirda oʻzbek tili uchun kirill yozuvidan lotin yozuviga qadam-baqadam oʻtish amalga oshirilmoqda. Oʻzbek qoʻshimcha xarflari bilan, u quyidagi xarflardan iborat:

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil