Kyoln

KyolnGFRdagi shahar. Reyn Vestfaliya yerida, Reyn daryosi boʻyida. Aholisi 962 ming kishi (1998). K. — xalqaro transport yoʻllarining yirik tuguni. Xalqaro aeroport bor. Muhim daryo porti (yillik yuk ortib-tushirish 15 mln. t). Koʻlnda Reyn daryosiga bir nech-ta koʻprik qurilgan. Mamlakatning muhim iqtisodiy, moliya va savdo markazlaridan. Metallsozlik va mashina-sozlik (traktorsozlik, kon sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, vagonsozlik va lokomotivsozlik), elektrotexnika sanoati iqtisodining yetakchi tarmoqlari. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi, toʻqimachilik, kimyo, tikuvchilik, oziq-ovqat, poligrafiya, parfyumeriya sanoati korxonalari bor. Zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Koʻln — ulgurji savdo va kredit-bank ishlarining yirik markazi. Xalqaro yarmarka va koʻrgazmalar oʻtkaziladi. Metropoliten, universitet (1388), muzeylar, jumladan badiiy hunarmandchilik, Rim-Germaniya, Sharqiy Osiyo sanʼati muzeylari va b. bor. Meʼmoriy yodgorliklardan roman cherkovlari (10—13-asrlar), gotika sobori (13—19-asrlar), cherkovlar (13—16-asrlar), ratusha (14— 15-asrlar), turar joylar (13-asr), barokko usulidagi cherkovlar (17— 18-asrlar) saqlangan. Shahar mil. av. 1-asrdan maʼlum. 785—1273 yillarda arxiyepiskoplik markazi, Oʻrta ayerlarda Ganzannng eng muhim shaharlaridan boʻlgan. 1794—1813 yillarda Fransiya bosib olgan. 1814—15 yillarda Prussiyaga berilgan. 1918—26 va 1945 yillarda ingliz qoʻshinlari tomonidan egʻallangan. 1949 yildan GFR tarkibida.[1]

Kyoln, Olmoniya'ning to'rtinchi, Shimoliy Reyn-Vestfaliya Viloyati´ning eng katta shahridir.

Kyoln bu xato aslida Koʻln (Köln) olmoncha «ö» bu oʻzbekcha «oʻ» harfi. Rus alifbosida «oʻ» harfi yoʻq shuning uchun Kyoln (Кёльн) deb yozishadi.


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil