Lars Onsager
Lars Onsager (1903.27.11, Kristianiya, hozirgi Oslo — 1976.5.10, Koral-Geybls, Florida) — amerikalik fizik va fizik-kimyogar, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1947-yildan). Tronxeymdagi Oliy texnika maktabini tugatgan (1925), AQSH ga koʻchib kelganidan boshlab (1928) u yerdagi universitetlarda, 1933-yildan boshlab Iyel universitetida ishlagan (1945-yildan prossor). Ilmiy ishlari elektrolitlar nazariyasi, qaytmas jarayonlar nazariyasi, fazaviy oʻtishlar nazariyasi, kvant suyukliklar dinamikasiga oid. Eritmaning elektr oʻtkazuvchanligini uning konsentratsiyasi bilan bogʻlovchi tenglama (Onsager tenglamasi) ni keltirib chiqargan (1926); kinetik koeffitsiyentlarning simmetriklik prinsipi (Onsager teoremasi)ni kashf etgan (1931). Nobel mukofoti laureati (1968)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |