Morxoʻr
Buramashox echki | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Morxoʻr, burama shoxli echki (Capra falconeri) — togʻ echkilari urugʻiga mansub sut emizuvchilar turi. Gavdasining uzunligi 170 sm, boʻyi 90 sm ga, vazni 90 kg ga yetishi mumkin. Shoxlari parmaga oʻxshash buralgan. Juni jigarrang, baʼzan oqish. Erkaklarining boʻyni va koʻkragida uzun junlari bor. Shimoliy va shimoliy–gʻarbiy Hindiston, janubiy–sharqiy Eron va Afgʻonistonda tarqalgan. Oʻzbekistonda Koʻhitang va Bobotogʻda uchraydi. Qoya toshli tik togʻ yon bagʻirlarida yashaydi. Soni juda kamayib bormoqda. Oʻzbekiston va xalqaro Qizil kitobga kiritilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |