Mudarris
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mudarris – madrasa o‘qituvchisi. Mudarrislar o‘qitiladigan muayyan fandan dars bergan. Hozir O‘zbekistondagi madrasa va diniy universitetlarda faqat diniy ilmlardan emas, dunyoviy fanlardan dars beruvchilar ham mudarris deb ataladi[1].
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mudarris so‘zi arab tilidan ,,مدرس” – so‘zidan olingan bo‘lib, dars beruvchi degan ma’noni anglatadi. Arab tilida ,,mudarris” so‘zi dars o‘qituvchisi degan ma’noni bildiradi va dars beradigan o‘qituvchi va dars berishga vakolatli olimni ifodalaydi. Viloyatlardagi mahalliy maktablarda ta’lim-tarbiyani tamomlab, diplom olgandan so‘ng, mudarrislar madrasalarda din va ilmlardan dars berar edilar, agar ular ,,mudarris”, kasbi ,,mudarrislik” deb atalar edi[2]. Saljuqiylar davlati va Usmonlilar imperiyasidagi diniy olim[3], professor yoki fakultet a’zosini tavsiflovchi atama[4]. Mudarris so‘nggi asrlarda Xorazm va Qo‘qon xonligida oxund shaklida ham qo‘llangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Islam Encyclopedia (Turkcha). Turkiye Diyanet Vakfi. ISBN ISBN978-3-902782-21.
- ↑ Boğaç A. Ergene. Local Court, Provincial Society and Justice in the Ottoman Empire: Legal Practice and Dispute Resolution in Çankırı and Kastamonu (1652-1744). BRILL, 2003 — 26-bet. ISBN ISBN 90-04-12609-0.
- ↑ The Later Ottoman Empire 1603-1839, History of Turkey Vol. 3, Cambridge University Press, 2006 — 216-bet.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |