Niger (daryo)

Niger
Tavsif
Uzunligi 4 180
Suv sarfi 8 630 m³/s
Joylashuvi
Davlat Benin, Gvineya, Mali, Niger va Nigeriya
Niger (daryo)

Niger — Gʻarbiy Afrikadagi daryo, Gvineya, Mali, Niger va Nigeriya hududlaridan oqadi. Uzunligi 4160 km, havzasining maydoni 2092 ming km². Kattaligi jihatidan Afrikada Nil va Kongo daryolaridan keyin 3-oʻrinda turadi. LeonLiberiya qirlaridan Joliba nomi bilan boshlanib, yuqori qismida togʻlar orasidagi tor vodiylardan, soʻngra Sudan tekisliklaridan oqadi. Tekislikda koʻplab tarmoq va oʻzanlarga boʻlinadi, Tombuktu shahri yaqinida ular yana yagona oʻzanga birlashadi. Quyi oqimida keng vodiydan oqib, delta hosil qilib (maydoni 24 ming km²) Atlantika okeanining Gvineya qoʻltigʻiga quyiladi. Yirik irmoqlari: oʻngdan — Bani, Milo, chapdan — Sokoto, Kaduna, Benue. Iyun— oktabrda, quyi oqimida fevral—aprelda sersuv buladi. Dare yozgi musson yomgʻirlaridan suv oladi. Yillik oʻrtacha suv sarfi 9300 m³/sek. (maksimal 35 ming m³/sek). Dare yiliga 300 km3 suv, 67 mln. t loyqa keltiradi. Ayrim qismida kema qatnaydi, GES kurilgan. Baliq ovlanadi. N. sohilida Kurusa, Bamako, Tombuktu, Niamey, Jobba, PortHarkort shaharlari joylashgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil