Orol dengizi

Orol dengizi
oʻzbekcha: Orol dengizi, qozoqcha: Арал теңізі, qoraqalpoqcha: Aral teńizi
45°0′0″N 60°0′0″E / 45.00000°N 60.00000°E / 45.00000; 60.00000
1989 yil va 2014 yil
1989 yil va 2014 yil
MamlakatlarOʻzbekiston Oʻzbekiston
Qozogʻiston Qozogʻiston
Yuzasi3,500 km²
Hajmi27 km³
Tushuvchi daryolarSirdaryo Amudaryo
Orol dengizi chegaralari (1960-yilga koʻra; maʼmuriy xarita bugungi kunga doir).
Orol dengizi kichrayishi.

Orol dengizi – Oʻrta Osiyodagi eng katta berk koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq janubi-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston, shimoli-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68,0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Dengiz shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga choʻzilgan, uz. 428 km, eng keng joyi 235 km (45° shahrik.) boʻlgan. Havzasining maydoni 690 ming km², suvining hajmi 1000 km³, oʻrtacha chuq. 16,5 m atrofida oʻzgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi yuqori pliotsenda Yer poʻstining egilgan yeridagi botiqda hosil boʻlgan. Tubining relyefi (gʻarbiy qismini hisobga olmaganda) tekis. Orol dengizida juda koʻp yarim orol va qoʻltiqlar boʻlgan. Shimol qirgʻoklarida eng katta qoʻltiqlaridan Chernishev, Paskevich, Sarichigʻanoq, Perovskiy, janubi-sharqiy va sharqiy qirgʻoqlarida Tushbas, Ashshibas, Oqsagʻa, Suluv va boshqa, Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarida Ajiboy, Tolliq, Jiltirbas qoʻltiklari, Qulonli va Moʻynoq yirik yarim orollari boʻlgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgani maʼlum. Keyingi geologik davrda Sariqamish va Oʻzboʻy orqali Orol dengizi suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland boʻlib, jan.vajan.-sharqidagi bir necha ming km² maydonli sohil suv ostida boʻlgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari Orol dengizining gʻarbiy qismida. Qoraqalpogʻistonning shimoliy qismi Ustyurt tegisligi yonida chuqurligi 69 m gacha yetgan.

Koʻlning sayoz joylari uning janubiy, janubi-sharqiy va sharqiy qismlariga toʻgʻri kelgan.

Orol dengizi qirgʻoklarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan baʼzi xususiyatlari bilan farqlanadi. Shimoliy qirgʻogʻi baland, ayrim yerlari past, chuqur qoʻltiqlar bor. Sharqiy qirgʻogʻi past; qumli, juda koʻp mayda qoʻltiq va orollar boʻlgan. Janubiy qirgʻogʻi Amudaryo deltasidan hosil boʻlgan.

Gʻarbiy qirgʻogʻi kam qirqilgan va Ustyurt chinkidan iborat. Orol dengizida 300 dan ortiq orol boʻlgan. Ularning 80% dengizning janubi-sharqiy qismida. Eng kattalari Koʻkorol (273 km²), Vozrojdeniye (216 km²) va Borsakelmas (133 km²) edi. Dengizga Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladi. 60-yillargacha yiliga Amudaryo Orol dengizi ga 38,6 km³, Sirdaryo esa 14,5 km³ suv olib borgan. Suv balansida yogʻinlar ham muhim oʻrin egallagan. Dengiz akvatoriyasiga yiliga 82–176 mm yogʻin yogʻadi. Atrofdan dengizga yiliga 5,5 km³ yer osti suvlari qoʻshilib turgan. Mutlaq dengiz sathi 2000-yillarning boshlarida 22-yillarning oxiridagi darajadan 1950 m pastroqda 31 m gacha pasayib ketdi. 2001-yilda Buyuk Orol dengizi (Janubiy) Gʻarbiy va Sharqqa boʻlingan. 2001-yilda. 2003-yilda dastlabki maydonning toʻrtdan bir qismi Orol dengizi va 10% ga yaqinini dengiz suvi qoplagan. Bugungi kunda eski chuqur dengiz oʻrniga umumiy maydoni 38000 km2 boʻlgan yangi qum va tuzli choʻllar mavjud.https://samarkandtours.com/uz/uzbekistan/aral-sea/

Dengiz choʻl zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogʻin va yer osti suvlaridan ortikdir. Shuning uchun iklimiy oʻzgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sat-hi yillar davomida oʻzgarib turgan. Mas, 1785-yildan dengizda suv sathi koʻtarila boshlagan boʻlsa, 1825-yildan pasaygan, 1835—50 yillarda yana koʻtarilgan, 1862-yil kamaygan. Koʻkorol 1880-yilda yarim orolga aylanib qolgan. 1881-yil suv sathi pasaygan. 1885-yildan Orol dengizida suv sathi yana koʻtarila boshlagan. 1899-yilga kelib Koʻkorol yarim orol orol boʻlib qolgan. 1919-yil dengiz maydoni 67300 km², suv miqdori 1087 km³ boʻlgan boʻlsa, 1935-yilga kelib maydoni 69670 km², suvning miqdori 1153 km³ ga koʻpaydi. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha oʻzgargan.

Orol dengizida suv sathining yil davomida oʻzgarib turishi Amudaryo va Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bogʻliq. Bahorgi yomgʻirdan ham dengiz sathi koʻtariladi. Suvi sathining yil davomida oʻzgarish amplitudasi urtacha 25 sm ga teng boʻlgan. Suvining shoʻrligi oʻrtacha 10— 11%". Suvdagi tuzlarning koʻp qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy tarkibiga koʻra, suvi Kaspiy dengizi suviga oʻxshash. Orol dengizi suvining tarkibidagi tuz 11 mlrd. t ga yaqin deb baholangan. Bu tuzlar sanoat ahamiyatiga ega. Dengiz suvi, ayniqsa, markaziy qismida juda tiniq. Suvi, xususan, qishda tiniq boʻladi. Yoz oylarida ham 24 m chuqurlikkacha dengizning tubi koʻrinadi. Suvining rangi koʻpgina qismida koʻk, qirgʻoklariga yaqini koʻkimtir tusda. Amudaryo bilan Sirdaryoning quyilish joyida suvi loyqa. Dengiz dekabr oʻrtalaridan mart oxirigacha muzlaydi. Yozda suvning yuqori qismidagi temperaturasi 27° ga yetadi. Chuqurlik ortishi bilan temperatura tez pasayadi. Yozda 1 m chuqurlikda temperatura 8°ga oʻzgaradi. Dengiz ustida havoning urtacha temperaturasi yozda 24—26°, qishda —7°, – 13,5°. Orol dengizi sazan, choʻrtan, soʻvʼyan, sudak, oqchavoq, laqqa, taran (leshch), pilmay Orol dengizining kosmosdan olingan surati (2002-yil).

Dengizda navigatsiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoq kabi yirik portlari faoliyat koʻrsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam boʻlgan. Aholi, aso-san, baliqchilik bilan va, qisman, chor-vachilik, ondatra urchitish va sabzavot-polizchilik bilan shugʻullangan. Oʻtgan asrning 90-yillarigacha dengizdan baliqovlangan. Aralsk va Moʻynoq shaharlari va bu shaharlar atrofida koʻp sonli baliq ovlash xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatgan, Amudaryo deltasida, Avan posyolkasida (Koʻkorol o.), Bugun po-syolkasida (sharqiy sohil), Uyali va Uzunqir orollarida baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan.

Orol dengizini birinchi marta A. I. Butakov 1848—49 yillarda tadqiq etgan va haritaga tushirgan.

Orol dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan bogʻlikligidan, bu ikki dare suvi sugorishga qancha koʻp sarflansa, dengizda suv shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan sugʻoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi na-tijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildanyilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi jadal surʼatlarda pasaya boshladi.

Orol dengizida suv sathi pasayishining uning suv yuzasi va suv sigʻimiga taʼsiri Orol dengizi da suv sathining pasayishi suv balansi elementlarining qiymatlariga ham keskin taʼsir koʻrsatdi: 1911—1960-yillarda dengiz sathi oʻrtacha 53,04 m ni tashkil etib (Boltik, sistemasida), daryolar dengizga quyadigan suv miqdori 56 km³, dengiz yuzasiga yogʻgan atmosfera yogʻinlari miqdori esa 9,1 km³ ga teng boʻlgan. Sarflanish, yaʼni chiqim esa, asosan, bugʻlanishdan iborat boʻlib, shu davrda oʻrtacha 66,1 km³ ni tashkil etgan. Shu davr ichida suv balansida salbiy farq qayd etilgan: dengiz har yili 1 km³ dan, 1911—1960-yillar davomida 50 km³ hajmdagi suvni yoʻqotgan.

Hozirgi kunda Orol dengizi 3 boʻlakka boʻlingan: birinchisi – kichik va sayoz shimoliy qismi (shoʻrligi – 8—13g/l); ikkinchisi – nisbatan kattaroq maydonga ega boʻlgan va sayoz sharqiy qismi (shoʻrligi – 69— 72 g/l); uchinchisi – eng chuqur hisoblangan gʻarbiy qismi (shoʻrligi – 68-69 g/l). Rossiya konferensiyasi Orol dengizi qurishi sekinlashganini xulosa qilib uni shu holatda saqlashga chaqirdi.

Orol dengizining bugungi holati (oktabr 2008)

Orol dengizi (qoz. Aral Teңіzі, Aral Tengizi, qor. Aral tenʼizi) Oʻrta Osiyoda joylashgan yopiq suv havzasidir. Shimoldan Qozogʻiston, janubdan Qoraqalpogʻiston (Oʻzbekiston) yerlari bilan oʻralgan.

1960-yillargacha maydoni 68,000 km2 boʻlib, dunyoda kattaligi boʻyicha toʻrtinchi koʻl boʻlgan. Biroq, uni taʼminlovchi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining koʻp miqdorda irrigatsiyaga sarflanishi uning hajmini keskin kamaytira boshladi. 2007-yilga kelib, Orol dengizi maydoni 50 yil avvalgiga nisbatan 90 % qismini yoʻqotib, uchta alohida koʻlga aylandi.[1] Shoʻrlik oshishi Orol dengizi va atrofidagi nabotot va hayvonot qirilishiga sabab boʻldi. Mahalliy iqlim oʻzgardi; yoz issiqroq, qish esa quruq va sovuqroq boʻla boshladi.

2010-yil maʼlumotlariga koʻra Orol dengizi maydoni 13,900 km2 dir.[2]

1996-yil yanvarida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasida Orol dengizi ekologik holatini yaxshilashga doir shartnoma imzolandi.

Orol dengizining ekologik ahvoli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, er osti suvlari hamda otmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi. qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 – 2,10 oʻzgarishi tabiiy iqlim hususiyati bilan boʻliq boʻlib, suvning hajmi 100—150 kub km, suv sathi maydoni – 4000 kv, km ni tashkil etgan. Sugʻoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida suʻorilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961-yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994-yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3-marta, yuzasi 2-marta, shurlanish darajasi 9-10 gGʻl dan 34-37 gGʻl ga ortadi; 2000-yilga borib 180—200 gGʻl koʻtariladi. Schozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 – 110 sm tashkil etmoqda. Qirgʻoq chizigʻi 60 – 80 km pasayib, ochilib qolgan erlar 23 ming km² tashkil etadi. Amudaryo va Sirdaryoning kuyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi hamda ichish uchun yaroqsiz boʻlibqoladi. Ekologik tizmlar, oʻsimlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon axvol Janubiy oroldir. Ushbu mintaqa oʻz ichiga shimoliy gʻarbiy qizil qum, Zaungaoʻz, Qora qum, Janubiyustyurt va Amudaryo delütasikabi landshaft komplekslarini oladi. Orol boʻyining umumiy maydoni – 473 ming km² boʻlsa, uning Janubiy qismi 245 ming km² tashkil etadi. Bunga KKR hududi,Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshavvoʻz viloyatlari kiradi. Orol va orol boʻyida sodir bulayotgan jadal ravishdagi choʻllanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baxolash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengiz tubining ochilishi va daryo delütalarining qurishi hisobiga choʻl maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi. Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida kum, tuz ayrozonalarini shamol yordamida kuchirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki maʼlumotlarga karaganda yiliga atmosferaga 100—150 mln. tonnagacha chang – tuzon kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan kutarilganchang – tuz tuzoni atmosfera ifloslanishi 5 % ham ortib yubormoqda Chang – tuzonlarning atmosferaga kutarilishi 1-marta 1875-yili kosmosdan koʻzatilgan. Chang – toʻzon uzunligi – 400 km, eni esa 40 km boʻlib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning er yuzasida yogilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 – 15 % sholining esa 3-6 % pasayib ketdi. Orol boʻyiga yogilayotgan chang – tuz zarrachalaridan umumiy miqdor oʻrtacha 520 kgGʻga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri boʻlib koldi. KKR ning suʻoriladigan maydonlari chang – tuz fraktsiyalari 250 kgGʻga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. Shoʻrlangan qum tuzlari yili orol boʻyidagi 15 ming ga Yaylovlarni egallabbormoqda. ~oʻza uchun ajratilgan maydonlar kasallik koʻzgatuvchi zarakunandalar bilan zararlangan. qishloq xoʻjalik maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning yuqori okimidagi hududlarda meliorativ holati yomonlashishi (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand) II kategoriyada erlaning koʻpayishiga olib kelmoqda. Amudaryoning oʻrta oqimi joylashgan. Turkmanistonning suv xoʻjalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning kuyi okimlarida koʻpchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub erlar hisoblanadi, shurlangan, kuchli shurlangan maydonlar 35- 70 % tashkil etadi. Tuproq-larning shurlanishi hisobiga kishlk xoʻjalik maxsulotlari hosili Oʻzbekistonda – 30 %, Turkmanistonda 40 %, Qozog'istonda – 33 %, Tojikistonda – 1990 Qirg'izistonda – 20 % pasayib ketdi. Kuchli shurlangan er osti suvlarning joylashishi, chullanishi jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo av Sirdaryo qirgʻoklarini pasayish natijasida daryolarning kuyi qismida suv toshqinlarini aqmaytirib yuboradi. Bu oʻz navbatida toʻqay oʻsimliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy boʻlgan utloki – botqoqli tuproqlar unumsiz utlok takir choʻl, kumli tuproqlarga aylanishga olib keladi. Sutemizuvchi hayvonlar qushlar kamayib ketdi. Kurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasalliklarni tarkatuvchi kemiruvchilar bilan tulib bormoqda. Orol boʻyining sanitar – epidemiologik ahvoli nixoyatda ogir aholi markaz-lashtirilgan suv bilan taʼminlash 29- 67 % ni tashkil etadi. Aholini yarmi ifloslangan ochiqsuv havzalaridan foydalaniladi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi. Shuni taʼkidlash lozimki Orol oʻz tarixi davomida ilmiy maʼlumotlarga karaganda koʻp marta oʻz shaklini oʻzgartirganini va koʻrib qolgani maʼlum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak boʻladi. O DYeN Orol dengizi muammosi xam diqqatga sazovordir. Orol dengizi 80-yillarda ayniqsa quriy boshladi. Hozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoni umumiy muammosiga aylanib qolgan. Dengiz hozirda „oʻlik dengiz“ deb xisoblanmoqda. Tirik organizm dengizda deyarli yoʻq. Dengizning qurigan soxillaridagi toʻplanib qolgan erdagi tuzlar shamol esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tugʻdiradi. Oʻsha erdagi aholida suv muammosiga duch kelinmoqda. Bundan tashqari deyarli Orol dengizining yarmi qurib qolayotganidan, hech kim qaygʻurmayapti. Orol dengizini tiklashga chet el mablagʻlari ajratilgani bilan oʻsha mablagʻ dengizga xarajat qilinishini xech kim oʻz nazoratiga olmayapti. BUndan kelib chiqadiki mablagʻlar oʻsha erga „etmayapti“. Buni kiska kilib shunday taʼriflash mumkinki, Urta Osiyo mamlakatlarida qurgʻokchilik vujudga keladi. Buni jahon xamjamiyati va Markaziy Osiyo mamlakatlari „pichoq suyakka qadalganida“ anglab etishadi. Afsuski Orol dengizi qurib qolgandan soʻng bu muammoni echish yoʻllari qidiriladi. Orol dengizining qurishining asosiy sababi bu xoʻjalik ehtiyojlariga ishlatilishi yaʼni paxta, bugʻdoy sugʻorilishiga Amudaryo va Sirdaryodan foydalnganliklari uchun Orol dengiziga suv kam etib kela boshlagan. Shu tufayli Orol dengizi sekin-asta quriy boshlagan.

Atrof-muhit, iqtisodiyot va aholi salomatligiga ta'siri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orol dengizi ekotizimning qulashiga misol sifatida qaraladi. Orol dengizi va unga kiradigan daryo deltalari ekotizimlari deyarli vayron bo'lgan, buning sababi, asosan, sho'rlanishning okean suvidan keskin yuqori bo'lishidir. Dengizning chekinishi qurol sinovlari, sanoat loyihalari, pestitsidlar va o'g'itlarning oqishi natijasida tuz va zaharli kimyoviy moddalar bilan qoplangan ulkan tekisliklarni qoldirdi. Suv manbasining qisqarishi hamda suv va tuproq sifatining yomonlashuvi tufayli 1960-yillardan boshlab paxta hosildorligini oshirish uchun pestitsidlar ko'proq qo'llanila boshlandi, bu esa suvni toksinlar (masalan, HCH, TCCD, DDT) bilan yanada ifloslantirdi. Sanoatning ifloslanishi, shuningdek, PCB va og'ir metallarning ifloslanishiga olib keldi.

Orol dengizida qolgan suv yetarli emasligi sababli, bu ifloslantiruvchi moddalarning kontsentratsiyasi qolgan suvlarda ham, quruq qatlamlarda ham keskin oshdi. Buning natijasida shamol tashuvchi zaharli chang juda keng tarqaldi. Daryo havzalarining quyi qismlarida va sobiq qirg'oq zonalarida yashovchi odamlar mahalliy suv ichish va ifloslangan changni nafas olish orqali ifloslantiruvchi moddalarni yutishgan. Bundan tashqari, o'simliklar va chorva mollari tomonidan so'rilishi tufayli toksinlar - ularning ko'plari bioakkumulyatsiya qilinadi va jigar va buyraklar tomonidan oson parchalanmaydi. Atrofdagi hududlar aholisi odatda chuchuk suv tanqisligini boshdan kechiradi va sog'liq muammolari keng tarqalgan, jumladan, ayrim saraton kasalliklari, nafas olish kasalliklari, shu jumladan sil (asosan dorilarga chidamli), ovqat hazm qilish kasalliklari, kamqonlik va yuqumli kasalliklar. Jigar, buyrak va ko'z muammolari ham zaharli chang bo'ronlari tufayli bo'lishi mumkin. Birgalikda bu zaif yosh guruhlari orasida noodatiy yuqori o'lim ko'rsatkichini ko'rsatdi: 2009-yilda bolalar o'limi har 1000 kishiga 75 tani tashkil etdi, onalar o'limi esa har 1000 tadan 12 tani tashkil etdi[3].

Orol dengizi va Orol boʻyi hududi maʼmuriy jihatdan Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston) va Qozogʻiston hududida joylashgan. Orol dengizining yarmidan koʻproq qismi Oʻzbekiston hududiga qarashli. Orolboʻyi Amudaryo va Sirdaryoning quyi qismi hamda Orol dengizi atrofidagi hududlarni, shuningdek, dengiz sathining pasayishi natijasida uning shimoli-sharqiy va janubiy qismida vujudga kelgan Orol choʻlini oʻz ichiga oladi.

Orol dengizining yaqin oʻtmishdagi holati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Orol dengizining 2000—2010-yillardagi koʻrinishi

Orol dengizi Oʻrta Osiyoda va butun dunyodagi eng yirik shoʻr koʻllardan biri hisoblanadi. Yaqin oʻtmishda uning maydoni orollar bilan birga deyarli 68,0 ming kv km ni, suvining hajmi 1000 kub km ni tashkil etgan. Oʻrtacha chuqurligi 50,5 m atrofida boʻlgan Havzasining kattaligi (690 ming kv km) jihatdan Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqorikoʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin toʻrtinchi oʻrinda turgan. Orol dengizida 300 dan ortiq orollar boʻlib, ulardan eng kattasi Koʻkorol, Vozrojdenie, Borsakelmas boʻlgan. Orol dengiziga 20-asrning 60-yillarigacha Amudaryodan 38,6 kub km, Sirdaryodan 14,5 kub km, suv kelib turgan. Dengiz akvatoriyasiga yiligi 82–170 mm yogʻin yogʻadi. Dengizga 5,5 kub km erosti suvlari ham qoʻshilib turgan. Suvning shoʻrligi 10-11 % boʻlib, suv tarkibida tuzlar miqdori 11 mlrd tonna ga yaqin deb baholangan. Dengizda kemalar qatnovi mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoq kabi yirik portlari boʻlgan. Orol dengizi atrofidagi aholi, asosan, baliqchilik, qisman chorvachilik, moʻynachilik (ondatra), sabzavot-polizchilik bilan shugʻullangan. Aralsk va Moʻynoq shaharlari va bir qancha orollarda baliq ovlash xoʻjaliklari, baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan. Baliq ovlash oʻtgan asrning 90-yillarigacha davom etgan.

Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda dengiz suvi koʻtarilib, baʼzan Sariqamish va Oʻzboy oʻzanlari orqali Kasbiy dengiziga quyilgan.

Orol dengizining hozirgi holati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dengiz choʻl mintaqasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlangan. Oʻtgan asrning boshlaridan suv sathi pasaya boshlangan. Masalan, 1911—1960-yillar davomida Orol dengiziga daryolardan yogʻin bilan birga bir yilda, oʻrtacha 65 kub, km suv kelib turgan; suv yuzasidan esa 66,10 kub, km suv bugʻlangan. Shunday qilib, har yili dengiz 1 kub km 50 yil davomida esa 50 kub, km suvni yoʻqotgan. Suv sathi ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab sugʻoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining sugʻorishga ishlatilishi tufayli keskin kamaya boshlagan. Oʻtgan 40 yildan koʻproq vaqt davomida Orol dengizining maydoni deyarli 4-marta, suv sathi 1,8-marta, undagi suv hajmi 9-martaga yaqin kamaydi. Dengiz suvining shoʻrlanishi 9-10 g/l dan 70-84 g/l gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz chuqurligining kamayishi yiliga 80-110 sm ni tashkil etadi. Oʻtgan 40 yil mobaynida qirgʻoq chizigʻi 80–100 km pasaygan. Buning oqibatida 4,5 mln gektardan oshiqroq dengiz tubi ochilib qoldi. Hozirgi kunda Orol dengizi uch qismga boʻlinib ketgan. Uning sayoz kichik shimoliy qismining suvi kuchsiz minerallashgan (8-13 g/l), birmuncha kattaroq sayoz sharqiy qismi ancha kuchli shoʻrlangan (68-72 g/l).

Orol boʻyi hududining ekologik muammolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryodan suv oladi. Soʻngi yillarda Sirdaryo suvi suv omborlarini toʻldirishga va sugʻorishga foydalanilishi tufayli Orol dengiziga etib bormaydigan boʻldi. Amudaryo va uning irmoqlarida suv omborlari qurilib, koʻp miqdordagi suv kanallar orqali ekin dalalariga oqiza boshlandi. Buning oqibatida Zarafshon, Surxondaryo va Qashqadaryo Amudaryoga etib bormaydigan boʻlib qoldi. Hozirgi davrda Amudaryodan suv oladigan kanallarning umumiy uzunligi 170 ming km dan, suv omborlari soni 50 tadan oshib ketdi. Ularning suv sigʻimi 16-17 mld kubokilometrni tashkil etadi.

Suv zahiralaridan nooʻrin foydalanish – Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridagi hududlarda sizot suvlarining koʻtarilib, tuproqdagi namlik bugʻlanishining koʻchayishi va buning oqibatida tuproqlarning shoʻrlanishining ortishiga olib keldi. Orol boʻyi hududlarida esa sizot suvlari yuzasi pasayib, er yuzasi shoʻrhok tuproq bilan qoplana boshladi.

Orol dengizi suv sathining pasayishi bilan qirgʻoq chizigʻi 100 km dan ortiqroq orqaga chekindi. Dengiz tubi oʻrnida 4 mln gektardan ortiq maydonni egallagan yosh Orolqum choʻli paydo boʻldi. Ana shunday qilib, Amudaryo va Sirdaryo suvidan nooʻrin foydalanish 20 asr oxirida 3 mln dan koʻproq aholi yashaydigan hududda „Orol fojiasi“ deb atalgan global ekologik halokatni paydo qildi.

Orol dengizi oʻrnida paydo boʻlgan Orolqum mayda tuz va tuproq zarrachalari bilan qoplangan. Shamol esganida tuz va tuproq zarrachalaridan iborat chang havoga koʻtarilib, uzoq masofalarga tarqaladi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan maydonlarning har gektariga bir yil davomida 250 kg, ayrim hududlarda 500 kg gacha tuzli chang yogʻiladi. Qurigan dengiz tubidan bir yil davomida 15 mln dan 75 mln tonnagacha chang koʻtarilishi mumkin. Tuzli chang toʻfonlarning kengligi 40 km ga; uzunligi 400 km ga etadi. Tuzli chang Orolqumdan oʻnlab, hatto yuzlab km masofaga tarqalib, tabiiy oʻtloqlar, vohalardagi ekinlar, bogʻlar, shaharlar va qishloqlar ustiga yogʻiladi. Orol changi hatto Tyanshan va Pomir togʻlari choʻqqilaridagi muzliklarga ham etib borib, u yerdagi muzliklarning erishini tezlashtirib yuborgan.

Choʻllanish va shoʻrlanishning tezlashuvi oqibatida soʻnggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqsiz boʻlib qoldi. Noqulay ekologik vaziyat qishloq xoʻjalik ekinlari hosilini va chorva mahsulotlari etishtirishning keskin kamayishiga olib keldi.

Orol dengizining quriy boshlashi iqlimga ham taʼsir koʻrsatdi, Iqlim yanada kontinentallashib, qishqi harorat oʻrtacha ikki gradusga pasaydi, yozgi harorat esa ikki gradusga koʻtarildi. Buning natijasida sovuq kunlar erta tushib, ekinlarning pishib etilishi kechika boshladi. Orol boʻyi hududida vujudga kelgan ekologik tanglik aholi salomatligiga ham taʼsir koʻrsata boshladi. Aholi oʻrtasida yurak-qon tomir, oshqozon- ichak, nafas olish organlari kasalliklari (oʻpka sili, astma, bronxit) koʻpaydi. Hududda kam-qonlik kasalligi 60 yillarga nisbatan deyarlik 20-marta oshganligi kuzatilgan.

Ekologik tanglik Orol boʻyi tabiati, oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga ham katta ziyon etkazdi. Suv zahiralarining kamayishi va shoʻrlanishi natijasida yaylovlarda chorva uchun oziq boʻladigan oʻsimliklar turi va sifati kamayib, oʻtloqlar maydoni deyarlik uch martaga qisqardi. Amudaryo va Sirdaryo suvining kamayishi, suv toshqinlarining boʻlmasligi, daryolarning suv bosadigan qirgʻoqlarida yastanib yotadigan toʻqaylardagi xilma-xil oʻsimliklarning qurib, yoʻq boʻlib ketishiga olib keldi. Ularning oʻrnini qurgʻoqchilikka chidamli yulgʻun, shuvoq kabi choʻl oʻsimliklari egallamoqda. Toʻqaylarning yoʻqolishi koʻplab oʻsimlik va hayvon turlarining qirilib ketishiga sabab boʻldi. Oʻtgan 20 asrning ikkinchi yarmida Amudaryoning quyi qismidagi toʻqaylarning buzilishi bilan bu joylardan yoʻlbars, buxoro bugʻusi yoʻqolib ketdi. Janubiy Orol boʻyidagi 60 dan ortiq qushlardan 10 ga yaqin turi yoʻqolib borayotgani va 42 turidan ortigʻi „noyob“ turga aylanayotgani haqiqatdir. Shoʻrlanishning keskin ortishi tufayli Orol dengizi tobora oʻlik dengizga aylanib bormoqda. Orol dengizi va Orol boʻyida suv havzalarda tarqalgan 28 tur baliqlardan 12 turi, jumladan Amudaryo kurakburun, Orol moʻylovdori yoʻqolib ketayotgan va noyob turlarga kiritilgan.


OROL DENGIZINI QURISH SABABI.

Qadimda Amudaryo Uzboy orqali Kaspiyga, Toʻrgʻay daryosi esa Orol dengiziga quyilgan. Orol dengizi 1573-yilgacha Kaspiy dengizi bilan bogʻlanib boʻlgan. Paleontologlar Orol dengizi qirgʻoqlaridan kit, akula va dengizda yashaydigan qizil baliq qoldiqlarini topishgan. 1850-yilda Rossiya buyurtmasi asosida Shvesiyada qurilgan paroxod Orol dengiziga tushirilgan. 1965-yilgacha Aralsk, Moʻynoq, Xoʻjayli, Chorjoʻy oʻrtasida yoʻlovchi va yuk tashuvchi paroxodlar qatnagan. 20 asr oʻrtalarida Orol boʻyida 10 ta baliq zavodi va baliq konservalash kombinati ishlab turgan, Orol dengizidan yiliga 450 ming sentnergacha baliq ovlangan. 1981-yilda Amudaryoda kema va parom qatnovi toʻxtatilgan. Orol dengizining yuz km dan koʻproq ichkariga chekinishi natijasida kemalar quruq qum ustida qolib ketdi. 20 asr oʻrtalarida Orol boʻyida umurtqali hayvonlarning 178 turi, oʻsimliklarning 1200 turi aniqlangan. Amudaryo qirgʻoqlaridan yiliga 1 mln dan ortiq ondatra moʻynasi tayyorlangan. Oʻtgan asrning 90-yillarga kelib, moʻyna tayyorlash butunlay barham topdi. Tuproqning kuchli shoʻrlanishi oqibatida qishloq xoʻjalik mahsulotlari etishtirish bir necha marta kamayib ketdi. Yerlarning shoʻrlanishi, turar joylar, maʼmuriy binolar va asfaltlangan yoʻllarga katta ziyon keltirmoqda. 1986-yilda 78 % turar joylar foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan. Bu halokat ichimlik suvlarni ifloslantirib, aholi oʻrtasida kasallikni kuchayishiga olib keldi. Amudaryo va Sirdaryo suvidan foydalanishda yoʻl quyilgan xatoliklar Orol boʻyida ekologik falokatni keltirib chiqargan.

Yadroviy portlashlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ustyurt platosining Qozogʻistondagi Mangʻishloq viloyatiga qaragan Akotti, Kindikti va Mulkaman degan hududlarda 9 marta yadro bombalari portlatilgan. Portlashlardan eng yiriklari: 1969-yil 6-dekabrda 410 metr chuqurlikda 30 kilotonnalik bomba, ikkinchi 1970-yil 12-dekabrda 740 metr chuqurlikda 80 kilotonnalik va uchinchisi 1970-yil 23-dekabrida 500 metr chuqurlikda 75 kilotonna kuchga ega yadroviy portlashlar amalga oshirilgan[4]. Sinovlar muvaffaqiyatsiz oʻtgan. Natijada dengiz suvining shiddat bilan pasayishi kuzatilgan. 1961–1963-yillarda dengiz sathi 18–25 sm ga kamaygan boʻlsa, 1969-yilda 15 smgacha bir koʻtarilib, keyingi yillarda 70–100 sm.gacha pasayib borgan.

Neft va gaz qidirish ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Ergash Shoismatov 2006-yil 30-avgustda Oʻzbekiston hukumati va davlatga qarashli „Oʻzbekneftgaz“, „LUKoil Overseas“, „Petronas“, Koreya milliy neft korporatsiyasi va Xitoy milliy neft korporatsiyasidan iborat xalqaro uyushma oʻrtasida „Orol dengizidagi neft va gaz konlarini oʻrganish va oʻzlashtirish boʻyicha kelishuv“ shartnoma ishlab chiqalayotgani haqida maʼlum qildi. Uyushma oʻrtasida shartnoma 2005-yil sentabr oyida tuzilgan[5].

2010-yil 1-iyun holatiga koʻra 3 km pastdan 500 000 kub metr gaz qazib olindi[6].

1989-yilda sovet rejissyori Dmitriy Svetozarovning „Adashgan itlar“ filmida Orol qirgʻogʻining ogʻir ahvoli tasvirlangan[7]. Film Orol dengizi yaqinida joylashgan arvoh shaharchada suratga olingan boʻlib, tashlandiq binolar va tarqoq kemalar sahnalarini koʻrsatilgan.

2000-yilda MirrorMundo jamgʻarmasi dengizning qurishi natijasida yuzaga keladigan muammolar haqida Delta Blues nomli hujjatli filmni suratga olgan[8].

2007-yil iyun oyida BBC World telekanali „Back From the Brink?“ (Orqaga qaytishmi?) nomli hujjatli filmni namoyish etadi. Borna Alixani va Guy Creasey tomonidan yaratilgan. Film Aklak toʻgʻoni ishga tushirilgandan beri mintaqadagi baʼzi oʻzgarishlarni koʻrsatadi.

Baxtiyor Xudoynazarovning 2012-yilda suratga olingan „Dengizni kutish“ filmi Orol dengizi boʻyida joylashgan baliqchilar shaharchasidagi odamlar hayoti haqida hikoya qiladi.

2012-yilda Kristof Pasur va Alfred Dibold Orol dengizi havzasidagi suv xoʻjaligi tizimini, xususan, Orol dengizi atrofidagi vaziyatni koʻrsatadigan „From the glaciers to the Aral Sea“ (Muzliklardan Orol dengizigacha) nomli 85 daqiqalik film suratga olishdi. Film birinchi marta 2012-yilda Fransiyaning Marsel shahrida boʻlib oʻtgan 6-Jahon suv forumida namoyish etilgan va hozirda www.waterunites-ca.org[9] va Alfred Dieboldning YouTube kanali: waterunitesca da mavjud[10].

2013-yil oktabr oyida Al-Jazira hozirgi vaziyatni tasvirlab beruvchi Ensar Oltoy rejissyorligidagi „People of The Lake“ (Koʻl odamlari) nomli hujjatli filmni suratga oldi[11].

2014-yilda rejissyor Po Pauell Pink Floyd „Louder than Words“ (Soʻzlardan ham balandroq) videosi uchun koʻplab kadrlarni Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasidagi Orol dengizi qoldiqlari yonida suratga olgan[12].

2018-yil oktabr oyida BBC „Fashionʼs Dirty Secrets“ (Modaning iflos sirlari) nomli koʻrsatuv tayyorlagan boʻlib, uning katta qismida Orolning qisqarishi va uning oqibatlari koʻrsatilgan.

  1. Reclaiming the Aral Sea, Scientific American, mart, 2008
  2. „arxiv nusxasi“. 31-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2011-yil.
  3. https://wydawnictwo.up.lublin.pl/files/wydawnictwo/2019/ksiazki/e_ksiazka/wspolczesne_badania....pdf
  4. „Orol dengizi qurishiga yadroviy portlash sabab bo‘lganmi?“. kun.uz (2021-yil 27-mart). Qaraldi: 30-oktabr 2023-yil.
  5. „Uzbekistan, intl consortium ink deal on exploring Aral Sea“. ITAR-Tass. 2010-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Michael Hancock-Parmer. „Aral Gas“. Registan.net (2010-yil 9-iyun). 2010-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Psy“. Kino Expert. Qaraldi: 2009-yil 18-sentyabr.
  8. „Delta Blues (in a land of cotton)“. YouTube (2008-yil 5-noyabr). 2021-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-iyul.
  9. „Videos - From the Glaciers to the Aral Sea - Water Unites“. www.waterunites-ca.org.
  10. Archived at Ghostarchive and the Wayback Machine: „Water Unites - From the Glaciers to the Aral Sea“. youtube.
  11. Al Jazeera World. „People of the Lake“. Qaraldi: 2015-yil 4-dekabr.
  12. „Watch Pink Floyd's Surreal, Sun-Baked 'Louder Than Words' Video“. Rolling Stone. 10 November 2014. Qaraldi: 4 December 2015.
  • Berg L. S, Aralskoye more, SPB,1908; Shuls V. L., Mashrapov R., Oʻrta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969; Rafikov A. A.,Tetyu yan G. F., Snijeniye urovnya Aralskogo morya i izmeneniye prirodnix usloviy nizovyev Amudari, T., 1981; Glazove kiy A. F., Aralskiy krizis, M., 1990; Akramov 3., Rafikov A. A., Proshloye, nastoyasheye i budusheye Aralskogo morya, T., 1990; Xikmatov B. F., Izucheniye dinamiki elementov vodnogo balansa i mineralizatsii Aralskogomorya, Dissertatsiya na soiskaniye akademicheskoy stepeni magistra gidrologii, T., 2003.

Fazliddin Hikmatov Dauletboy Aytboyev.[1]



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil