Oybek Usmonxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Oybek Raxmonbekovich Usmonxoʻjayev | ||
Tavallud sanasi | 13-dekabr 1972-yil | ||
Tavallud joyi | Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 176 cm (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi, Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1989 | Sohibkor | 1 | (0) |
1990 | Shaxtyor (Аngren) | 12 | (1) |
1991 | Paxtakor | 0 | (0) |
1991—1992 | / Navbahor | 35 | (4) |
1993—1994 | Nurafshon (Buxoro) | 50 | (12) |
1994—1997 | МHSК | 91 | (60) |
1998 | Paxtakor | 5 | (0) |
1998 | Buxoro | 18 | (10) |
1999 | Doʻstlik | 19 | (22) |
1999—2000 | Маritsa (Plovdiv) | ||
2000 | Samarqand-Dinamo | 31 | (22) |
2001 | Yesil-Bogatir | 27 | (7) |
2002 | Nаsaf | 13 | (6) |
2002—2003 | Doʻstlik | 29 | (9) |
2003 | Navbahor | 13 | (2) |
2004—2008 | Lokomotiv (Тoshkent) | 68 | (10) |
Milliy terma jamoa | |||
1992—2000 | Oʻzbekiston | 10 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2010 | Oʻzbekiston U-19 (19 yoshgacha) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Oybek Raxmonbekovich Usmonxoʻjayev (1972-yil 13-dekabr) — sovet va oʻzbek futbolchisi, hujumchi va hujumkor yarimhimoyachi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sovet davrida "Sohibkor", „Shaxtyor“ (Angren), "Navbahor" kabi klublarda quyi ligada oʻynagan, shuningdek, yarim mavsumni "Paxtakor" dubli oliy liga oʻyinchilari safida oʻtkazgan.
SSSR parchalanganidan soʻng "Navbahor" va "Nurafshon" (Buxoro) jamoalarida Oʻzbekiston oliy ligasida oʻynay boshlagan. 1994-yilgi mavsumda Toshkent „MHSK“ga oʻtib, jamoa bilan oltin (1997), kumush (1995) va bronza (1996) chempionlik sovrinlarini qoʻlga kiritgan. Uch yarim yil ichida 60 ta gol urib, jamoaning asosiy hujumchilaridan biriga aylangan. 1995-yilgi Oʻzbekiston chempionati toʻpurarlari orasida 22 ta gol bilan ikkinchi oʻrinni zabt etgan.
1998-yilgi mavsumda oʻsha mavsum chempioni boʻlgan „Paxtakor“ safida toʻp surgan, ammo asosiy tarkibga kira olmay, bor-yoʻgʻi 5 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1998-yilda ham "Buxoro" safida oʻynagan. 1999-yili "Doʻstlik" tarkibida mamlakat chempioni boʻlgan, chempionat toʻpurarlari oʻrtasidagi bahsda esa 22 ta gol bilan uchinchi oʻrinni egallagan.
1999-yilda ilk bor xorij klubi Bolgariyaning „Maritsa“ (Plovdiv) klubiga oʻtgan. Biroq Oybek klubga uzoq vaqt moslasha olmaydi. 2000-yilda "Samarqand-Dinamo"da oʻynab, Muhsin Muhammadiyev bilan ajoyib juftlik oʻyinini namoyish etib, jamoaning toʻrtinchi oʻrinni egallashiga katta xissa qoʻshgan va jamoa shu yili Oʻzbekiston kubogi finalchisiga aylangan. 2001-yilda Usmonxoʻjayev yana xorijga — Qozogʻistonning „Yesil-Bogatir“ klubiga oʻtib, u yerda 27ta oʻyin oʻtkazgan va 7ta gol urgan.
Keyinchalik "Nasaf", "Doʻstlik" va "Navbahor" jamoalarida oʻynagan. Faoliyatining soʻngi yillarida bir necha mavsumni Toshkentning „Lokomotiv“ klubida oʻtkazgan. Oʻzbekiston oliy ligasida jami 157 ta gol kiritgan. Faoliyati davomida toʻrt mavsumda 22 ta gol urgan (1995, 1997, 1999, 2000) va bir necha bor mavsumdagi gollari 10 tadan oshib ketgan. 2018-yil holatiga koʻra, Oʻzbekiston chempionatlarida gol urish boʻyicha tarixda toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.
Jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yil 28-iyun kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Turkmanistonga qarshi Markaziy Osiyo kubogi bahsida 66-daqiqada Rustam Abdullayev oʻrniga maydonga [1]tushgan[2]. 2000-yilgacha terma jamoada tartibsiz oʻynashda davom etib, jami 10 ta oʻyinda biror marta ham raqib darvozasini ishgʻol eta olmagan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yildan Oʻzbekiston yoshlar (U19) terma jamoasi murabbiylar shtabi aʼzosi[3]. "Olmaliq"da selektsioner boʻlib ham ishlagan. Faxriylar oʻyinlarida ham ishtirok etgan[4].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]MHSK Toshkent jamoasi tarkibida:
- Oʻzbekiston ligasi gʻolibi: 1997-yil
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1995-yil
Paxtakor bilan:
- Oʻzbekiston ligasi gʻolibi: 1998-yil
Doʻstlik jamoasi tarkibida:
Oʻzbekiston ligasi gʻolibi: 1999-yil
Shaxsiy yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gennadiy Krasnitskiy klubi: 194 ta gol
- Berador Abduraimov klubi 200: 205 ta gol
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Uzbekistan - Record International Players“. RSSSF.
- ↑ Uzbekistan 2 : 1 Turkmeniya
- ↑ „Молодежка отправляется в Китай“ (deadlink). 2019-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-fevral.
- ↑ V chest vidayuщixsya futbolistov
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oybek Usmonxoʻjayev Footballfacts saytida
- Oybek Usmonxoʻjayev National-Football-Teams.com saytida