Prefiks
Prefiks (lotincha: praefixus — old tomonga mahkamlab qoʻyilgan) — affikslarning bir turi; oʻzak oldidan qoʻshiladigan soʻz yasovchi qoʻshimcha. Prefiks uzbek tili uchun xos emas. Oʻzbek tilida qoʻllanadigan ba-, be-, bo-, no-, ser- kabi Prefikslar fors tilidan kirib kelgan, anti-, kontr-, sub-, super- kabilar esa baynalmilal Prefikslardir. Mas, badavlat, bedavo, boodob, notoʻgʻri, serfarzand; antiinsoniy, kontrhujum, submahsulot, superyutuq va boshqa [1]
Yana q.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |