Qoʻriqxona

Qoʻriqxona — belgilangan qonunlarga muvofiq, davlat tomonidan ajratilgan, alohida ilmiy yoki mahaliy ahamiyatga ega boʻlgan (tipik yoki noyob landshaft, oʻsimliklar va hayvonotning dunyosi, foydali qazilmalar va b.), tabiiy obyekt joylashgan yer (hudud) yoki suv kengliklari; i. t. va madaniy-maʼrifiy maqsadlar uchun uzoq mud-datga ajratilgan va toʻlaligicha xoʻjalik ishlaridan xoli tabiiy majmua.

20-asrning 90-y.larida BMTning "Milliy bogʻlar va ular maqomidagi qoʻriqxonalar roʻyxati"ga 2618 alohida qoʻriqlanadigan hududlar (yer may-doni 4 mln. km2dan ortiq va Yer yuzidagi quriqlikning 3% ini tashkil qiladi) kiritilgan hududi va uning atrofidagi bel-gilangan chegaradagi muhofaza qilinadigan zonalarda qo'riqxona tabiiy majmuasiga zarar yetkazadigan yoki tabiiy obyektlarga xavf tugdiradigan har qanday faoliyat (ov qilish, baliq tutish, daraxt kesish, foydali qazil-malarni kavlash, oʻt oʻrish, mol boqish va boshqalar), shuningdek, Qo'riqxona faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan sanoat va qo'shma korxonalar obyektlari qurilishi ham taqiqlanadi. Qo'riqxona hududiga maʼmuriyatning ruxsatisiz begona odamlar kiritilmaydi.

Oʻzbekistonda qoʻriqxonalarning tashkil qilinishi, faoliyati, taʼminoti va muhofazasi Oʻzbekiston Respublikasining 2004 y. 3 dekabrdagi "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida"gi qonuni bilan tartibga solinadi. Qoʻriqxonalarda reja asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi, tabiat yilnomalari, ilmiy hisobotlar (yillik, besh yillik) tuziladi, tavsiyanomalar, qoʻriqxona hududi va milliy bogʻlarda qoʻriqxona tartibiga rioya qilish talab va qoidalari ishlab chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ovchilik xoʻjaliklari, qoʻriqxonalar va milliy bogʻlar boshqarmasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tasarrufida 8 ta davlat qoʻriqxonasi bor: Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi, Qizilqum davlat qoʻriqxonasi, Zarafshon davlat qoʻriqxonasi, Surxon davlat qoʻriqxonasi, Hisor davlat qoʻriqxonasi, Chatqol bio-sfera qoʻriqxonasi, Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi. Oʻzbekistonda, shuningdek, milliy bogʻ va buyurtma qoʻriqxonalar faoliyat olib boradi[1].

  1. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIAT RESURSLARI VAZIRLIGI“ (oʻzbek). Qaraldi: 2023-yil 14-may.