Suv sigʻimi
Suv sigʻimi — suvga botirilgan qattiq jism, maye., suzib ketayotgan kema siqib chiqaradigan suv miqdori (hajmi). Hajmiy va ogʻirlik boʻyicha sigʻimlar farq qilinadi. Hajmiy Suv sigʻimi jismning suvga botib turgan qismi siqib chiqargan suv hajmini bildiradi. Ogʻirlik boʻyicha Suv sigʻimi arximed qonuniga muvofiq jismning ogʻirligiga teng boʻladi. Bunday sigʻim miqdor jix.atdan oʻzgarmay qoladi. Hajmiy Suv sigʻimi suvning zichligiga qarab oʻzgarishi mumkin. Suvga botirilgan jismga shu jism siqib chiqargan suv ogʻirligiga teng koʻtarish kuchi taʼsir qiladi. Agar jismning ogʻirligi koʻtarish kuchidan katta boʻlsa, jism suvga choʻkadi, kichik boʻlsa, — choʻkmaydi, mabodo teng boʻlsa, jism suvning istalgan joyida turishi mumkin. Suv sigʻimi kemachilikda, amaliy va nazariy ilmiy tadqiqot ishlarida, jismlarning solishtirma ogʻirligini aniklash va boshqalarda qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |