Tojik tili
Tojik tili | |
---|---|
Milliy nomi | Тоҷикӣ, Toçikī, تاجیکی [tɔːdʒɪˈki] |
Mamlakatlar | Tojikiston , Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston , Xitoy , Rossiya va boshqa mamlakatlar. |
Rasmiylik holati | Tojikiston |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 15 milliondan oshiq |
Turkumlanishi | |
Til oilasi |
|
Alifbosi | kirill, arab yozuvi |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | tg |
ISO 639-2 | tgk |
Tojik tili — hind-yevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruhining janubi-gʻarbiy guruhchasiga mansub til. Asosan, Tojikiston va Afgʻoniston shimolida, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning ayrim tumanlarida, qisman Eronda tarqalgan. Tojik tilida jami 35 mln.dan ortiq (mas., Tojikistonda 10 mln.dan, Oʻzbekistonda 2 mln (rasmiy), Fonetik tizimida 6 unli va 24 undosh fonema bor. Urgʻu dinamik xususiyatga ega, koʻpincha soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushadi. Grammatik qurilishi agglyutinativ xususiyatga ega. Ot, sifat, son turkumlaridagi soʻz oʻzgarishining qadimda rivojlangan tizimi hozirda yoʻqolgan. Jins va kelishik kategoriyalari mavjud emas. Kelishik munosabatlari sintaktik usulda ifodalanadi. Izofa otlar aloqasida eng keng tarqalgan vositalardandir. Feʼl sohasida koʻplab analitik shakllar va birikmalar uchraydi. 4 ta mayl (aniqlik, buyruq, shart va ehtimollik) bor.
Hozirgi zamon tilshunosligidagi muammolardan biri tojik tilining til yoki dialekt ekanligi boʻlib qolmoqda. Bugungi kunda koʻpchilik tilshunoslar tojik va dariy tillarini umumiy fors tilining dialekti sifatida eʼtirof etishmoqda. Tojik tili bugungi nomini 1929-yil lotin yozuviga oʻtish bilan birga qabul qildi. Dariy tili esa, 1964-yilgi siyosiy oʻyinlardan keyin hozirgi nomiga ega boʻlgan. Shu voqealargacha bu ikki tilning ham nomi forsiy (yo porsiy) edi. Bu 3 til (tojik, dariy va fors tillari) shunchalik yaqinki, til sohiblari oʻzaro suhbatlashishsa, bir-birlarini hech qanday muammosiz yuz foiz tushunadilar.
Adabiy Tojik tili qadimgi fors-tojik tili (9-15-asrlar)ga — fors, tojik va dariy tillarida soʻzlashuvchilar uchun umumiy manbaga borib taqaladi. 20-asrda adabiy tilning soʻzlashuv tili bilan yaqinlashuvi natijasida unda, ayniqsa, leksikada, jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi.
Fors-Tojik tilidagi ilk yozma yodgorliklar 8-asrga mansub.
Tojikiston Respublikasidagi Tojik tilida 1929-yil gacha arab, 1940-yilgacha lotin, 1940-yildan rus grafikasi asosidagi Kirill yozuvidan foydalaniladi.
Alifbodagi oʻzaro farqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kirillcha | Lotincha (1929—1939) | Arabcha shirift | XFA |
---|---|---|---|
А а | A a | َ, اَ | /a/ |
Б б | B ʙ | ﺏ | /b/ |
В в | V v | و | /v/ |
Г г | G g | گ | /ɡ/ |
Ғ ғ | Ƣ ƣ | ﻍ | /ʁ/ |
Д д | D d | ﺩ | /d/ |
Е е | E e | ی | /e/ |
Ё ё | Jo jo | یا | /jɔ/ |
Ж ж | Ƶ ƶ | ژ | /ʒ/ |
З з | Z z | ﺽ ,ﻅ ,ﺫ ,ﺯ | /z/ |
И и | I i | اِ, ِ | /i/ |
Ӣ ӣ | Ī ī | ی | /ˈi/ |
Й й | J j | یْ, ی | /j/ |
К к | K k | ک | /k/ |
Қ қ | Q q | ﻕ | /q/ |
Л л | L l | ﻝ | /l/ |
М м | M m | ﻡ | /m/ |
Н н | N n | ﻥ | /n/ |
О о | O o | ا ,آ | /ɔ/ |
П п | P p | پ | /p/ |
Р р | R r | ﺭ | /ɾ/ |
С с | S s | ﺙ ,ﺹ ,ﺱ | /s/ |
Т т | T t | ﺕ ,ﻁ | /t/ |
У у | U u | اُ, ُ | /u/ |
Ӯ ӯ | Ū ū | او ,و | /ɵ/ |
Ф ф | F f | ﻑ | /f/ |
Х х | X x | ﺥ | /χ/ |
Ҳ ҳ | H h | ﺡ | /h/ |
Ч ч | C c | چ | /tʃ/ |
Ҷ ҷ | Ç ç | ﺝ | /dʒ/ |
Ш ш | Ş ş | ﺵ | /ʃ/ |
ъ | ' | ﻉ | /ʔ/ |
Э э | E e | ای | /e/ |
Ю ю | Ju ju | یُ ,یو | /ju/ |
Я я | Ja ja | یه, یَ | /ja/ |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |