Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi

1919–1991
1941–1944: Nemis va rumin okkupatsiyasi
Maqom Sovet Rossiyasining qoʻgʻirchoq mamlakati (1919–1922)
Sovet Ittifoqi respublikasi (1922–1990)
Ukraina qonunchiligi ustuvor boʻlgan ittifoqdosh respublika (1990–1991)
Hukumat boshchisi  
• 1919–1923 (ilk)
Kristian Rakovskiy
• 1988–1991 (soʻnggi)
Vitold Fokin
Davlat boshchisi  
• 1919–1938 (ilk)
Grigory Petrovskiy
• 1990–1991 (soʻnggi)
Leonid Kravchuk
Tarixiy era XX asr
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Ukraina Xalq Respublikasi
Erkin hudud
Ikkinchi Polsha Respublikasi
Ruminiya Qirolligi
Rechskommissariat Ukraina
General-gubernatorlik
Polsha Xalq Respublikasi
Vengriya Qirolligi (1920–46)
Qrim viloyati
Ruminiya Qirolligi
Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi
Reichskommissariat Ukraina
General-gubernatorlik
Polsha Xalq Respublikasi
Ukraina
Hozirda hududida quyidagilar mavjud  Ukraina
 Rossiya (some parts munozarali)
 Moldova
 Polsha

Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi, Ukraina SSR (ukraincha: Украї́нська Радя́нська Соціалісти́чна Респу́бліка; ruscha: Украи́нская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Ukrainasi deb yuritiladi.

Oʻzining 72 yillik tarixi davomida Ukraina SSRning chegarasi koʻp oʻzgargan. Hozirgi Gʻarbiy Ukrainaning yirik qismi 1939-yil Polshadan anneksiya qilib olingan. 1946-yil respublika hududiga Zakarpatye qoʻshib olingan. Ukraina SSR iqtisodi koʻlami va aholisi soni boʻyicha Sovet Ittifoqida Rossiya SFSRdan keyin ikkinchi oʻrinda turgan.

1919–1934-yillarda Xarkov shahri Ukraina SSR poytaxti boʻlgan. 1934-yildan poytaxti – Kiyev shahri. Respublika 480 rayonga boʻlingan, 429 shahar, 916 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]

1991-yil 24-avgust kuni Ukraina SSR Sovet Ittifoqidan mustaqilligini eʼlon qildi va respublika nomi Ukrainaga oʻzgartirildi. Ukraina mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Ukraina SSRda sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yillikda vujudga kelgan. 9–12-asrlarda Ukraina hududining kattagina qismi yagona qadimiy rus elatining shakllanishi uchun negiz boʻlgan Kiyev Rusiga kirgan. Keyinchalik mazkur elatdan uch sharqiy slavyan xalqi: ruslar, ukrainlar, beloruslar tarkib topgan. Taxminan 988-yili xristianlik (pravoslaviye oqimi) qabul qilinib, u davlat dini boʻlib qolgan.

12-asr oxirida Galich-Volin knyazligi vujudga kelgan. 13-asrda Ukraina moʻgʻullar bosqiniga uchragan. 15-asrda Qrim xonligi vujudga kelgan. Bu davrga kelib ukrain elati shakllanib boʻlgan edi. 1596-yili pravoslav cherkovi katolik cherkovi bilan birlashib, uniyachilik cherkovini tashkil qilgan.

Qizil armiya askarlari „Fordson Putilovets“ („Krasny Putilovets“) traktorini haydashni oʻrganmoqda. Kirov, Ukraina SSR.

16-asr oxirida ukrainlar polyak-litva shlyaxtasiga va turk agressiyasiga qarshi kurash olib borganlar. Bogdan Xmelnitskiy rahbarligida ukrain xalqining 1648–1654-yillardagi ozodlik urushi Ukrainaning Rossiyaga qayta qoʻshib olinishi bilan yakun topgan. Chap sohil Ukrainasi Rossiya tarkibida avtonomiya huquqiga ega boʻlgan. Ukrain kazak qoʻshinlari 1709-yilda Poltava jangida qatnashib, Shimoliy urushning borishini Rossiya foydasiga oʻzlashtirgan.

18-asrning 2-yarmida Janubiy Ukraina yerlari turklardan ozod etilgan. Oʻng sohil Ukrainasi 18-asrning oxirida Rossiyaga qayta qoʻshib olingan.

Ukrainada Sovet hokimiyati 1917-yil noyabri – 1918-yil yanvarda oʻrnatilgan. 1917-yil 12(25)-dekabrda Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgan, sotsializm qurila boshlagan. Ukraina SSR 1922-yil 30-dekabrdan Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan. 1939-yil noyabrda hozirgi Gʻarbiy Ukrainaning yirik qismi Polshadan anneksiya qilib olingan.

1941–1945-yillarda Ukraina SSRni nemis bosqinchilari okkupatsiya qilgan. 1943-yil kuziga kelib Sovet armiyasi Chap sohil Ukrainasini, 1944-yil oktabrda respublikaning butun hududini ozod etgan. 1945-yil iyunida Zakarpatye Ukrainasi Ukraina SSRga qoʻshib olingan. 1954-yil Qrim yarimoroli Rossiya SFSRdan Ukraina SSRga berilgan. 2014-yilga kelib Rossiya Qrimni anneksiya qilib oldi.

1991-yil 24-avgust kuni Ukraina SSR Sovet Ittifoqidan mustaqilligini eʼlon qildi va respublika nomi Ukrainaga oʻzgartirildi. Ukraina mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

  1. "Ukraina SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 312. 5-89890-018-7.