Usmonali Ismonaliyev

Usmonali Ismonaliyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Usmonali Ismonaliyev
Tavallud sanasi 9-fevral 1998-yil (1998-02-09) (26 yosh)
Tavallud joyi Andijon Oʻzbekiston
Boʻyi 1.85 cm (12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bunyodkor
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
-2017 Andijon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017-2021 Andijon 47+ (5+)
2022- Bunyodkor 47 (7)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(11-mart 2024-yil uchun)

Usmonali Ismonaliyev (ruscha: Усмонали Исмоналиев; 1998-yil, 9-fevral, Andijon) – Oʻzbekistonlik futbolchi, markaziy himoyachi va tayanch yarim himoyachisi pozitsiyalarida oʻynaydi. Toshkentning „Bunyodkor“ klubi futbolchisi

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmonali Andijon futboli makatbi tarbiyalanuvchisi. Professional futboldagi faoliyatini 2017-yilda „Andijon“ yoshlar jamoasi tarkibida boshlagan. 2018-yilda Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etayotgan „Andijon“ jamoasi asosiy tarkibiga jalb etilgan. „Andijon“ jamoasi asosiy tarkibidan 2019-yildan muqim joy egallashni boshlagan. Andijon klubi tarkibida 50 dan oshiq oʻyin oʻtkazib 10 ga yaqibn gol urgan. Uning semahsul faoliyati toʻpurar himoyachi deb eʼtirof etilishiga sabab boʻlgan[1].

2021-yil mavsum yakunida „Andijon“ jamoasi bilan shartnomasi yakunlangan Usmonali yangi, 2022-yilgi mavsum oldidan Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzolagan[2][3]. Bunyodkor klubida yarim mavsum oʻynaganidan soʻng bir qancha jamoalar Usmonali oʻz tarkibiga jalb etgan[4], lekin keyinchalik „Bunyodkor“ jamoasidagi faoliyatini davom ettirgan[5][6]. Bunyodkor jamoasida ham oʻzining sermahsul oʻyinlarini davom ettirdi va 60 ga yaqin oʻyinda 11 ta gol muallifiga aylandi[7]. 2024-yil 8-yanvar „Bunyodkor“ jamoasi bilan shartnomasini 2025-yil soʻngiga qadar uzaytirgan[8].

Nojoʻya harakat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 10-mart Oʻzbekiston Superligasi 2-turida „Bunyodkor“ jamoasi Andijon jamoasiga qarshi mehmondagi oʻyinda maydongga tushdi[9]. Uchrashuvning 32-daqiqasida VAR orqalik oʻyindagi vaziyatni muhokama qilayotgan vaqtida Usmonali sobiq jamoadoshi va doʻsti Muhammadkarim Toirovning yelga qismiga oyoq bilan tepadi. Bu vaziyatda bosh hakam Aziz Asimov futbolchiga qizil kartochka koʻrsatadi va maydonda bunday harakat taqiqlangani tushintiradi[10]. Futbolchining oʻzi esa keyinchalik bu vaziyatga quyidagicha izoh bergan:

Golimiz VARda tekshirilayotganda Muhammadkarim bilan hazillashgan edim. Boshqa jiddiy gap yo‘q. Agar bu vaziyatdagi hazilim uchun qizil kartochka ko‘rsatilishini bilganimda Muhammadkarimni oldiga umuman yaqinlashmasdim. Xo‘p, men chetlatildim, vaziyatni qo‘rqinchli qilib ko‘rsatish, Toirovni yiqitib, uni yotgan joyida tepish shart emas. Hakam cho‘ntagidan kartochka chiqardi, fikridan qaytmaydi. Hazillashganim uchun qoidaga amal qilishdi, chetlatishdi. Buning natijasida o'yin yakunida jamoam yirik hisobda mag'lub bo'ldi. O‘zimni hammasiga aybdorlik hissi qamrab oldi. Ehtiyotsizligim uchun muxlislar va murabbiylar shtabidan uzr so‘rayman![11]

  • Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrin: 2018