Yangiyoʻl
Yangiyoʻl | |
---|---|
shahar | |
41°6′45″N 69°2′48″E / 41.11250°N 69.04667°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Toshkent viloyati |
Avvalgi nomlari | Qovunchi |
Rasmiy til(lar)i | Oʻzbek tili |
Aholisi | 109 500 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Avtomobil kodi | 10 |
|
Yangiyoʻl (1934-yil gacha Qovunchi qishlogʻi) – Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiq daryosining oʻng sohilida, Katta Oʻzbekiston trakti yonida, oʻrtacha 307 m balandlikda. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 60,3 ming kishi (2005). Shahar oʻrtasidan Kurkuldak arigʻi, shahar chekkasidan Joʻnariq kanali oʻtgan. 10 dan ortiq sanoat korxonasi, 500 dan ziyod kichik va oʻrta biznes korxonasi, 1500 dan ortiq tadbirkor faoliyat koʻrsatadi. „Russi—SA“ qoʻshma korxonasi ishlab turibdi. Mebel, poyabzal fabrikalari, un, yogʻmoy kti, biokimyo, temirbeton konstruksiyalari, paxta tozalash, gʻisht, eksperimental kolbasa, vinokonyak, konserva, kanop zavodlari, qandolatpazlikxamirturush birlashmasi, avtokorxonalar, qurilishtaʼmirlash tashkilotlari va boshqalar mavjud. 13 umumiy taʼlim, bolalar va oʻsmirlar musiqa, sport maktablari, akademik litsey, 3 kasb-hunar (texnologikiqtisodiyot, tibbiyot, maishiy xizmat) kolleji bor. 11 kutubxona, madaniyat uyi, 12 klub, madaniyat va istirohat bogʻi, Usmon Yusupov uymuzeyi, Alisher Navoiy xiyoboni, „Motamsaro ona“ yodgorligi mavjud. Markaziy kasalxona, tugʻruqxona, bir necha poliklinika, dorixonalar, ayollar konsultatsiyasi aholiga xizmat koʻrsatadi.[1]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1934-yilgacha Qovunchi posyolkasi nomi bilan atalgan. Chirchiq daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan.
Toshkent shahridan Yangiyoʻlgacha masofa 20km.
Aholisi: 80 000 (2001).
Ishlab chiqarish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yogʻ-moy kombinati, biokimyo, paxta qayta ishlash, kolbasa, un ishlab chiqarish, konserva mahsulotlari, temir-beton materiallari, qandolatchilik mahsulotlari, oyoq kiyim fabrikasi.
oziq-ovqat kolleji, Kasb-hunar kolleji, Tibbiyot kolleji.
Mashhur kishilar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Usmon Yusupov – Siyosatchi.
- Azizullo Izzatullayev (1925 – 1991) – Oʻzbekistonning davlat va jamoat аrbobi, Yangiyoʻl tumani ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1962-1983 yillar), "Vatan urushi" va „Hurmat belgisi“ ordenlari sohibi.
- Darvishbek Rahmonov (8.04.1952) – "Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi asoschisi, tashkilotchisi, badiiy rahbari va Oʻzbekistonning taniqli sirk sanʼati аrbobi.
- Ulugʻbek Soliboyev (4.08.1969 – Oʻzbekistonning jamoat arbobi, „O’zbekiston temir yo’llari“ Aksiyadorlik jamiyati elektr xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, bosh revizori.
- Rauf Parfi – Shoir.
- Hamroqul Tursunqulov – paxtashunos, 3 marta sotsiolistik mehnat qahramoni.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |