Abdul Rashid Doʻstum
| |
Vitse-Prezident Mansabda | |
2014-yilning 29-sentabridan dan beri mansabda | |
Mamlakat | Afgʻoniston |
---|---|
Prezident | Ashraf Gʻani |
Avvalgi Vitse-Prezident | Yunus Kanuni |
Tavalludi | 15-avgust 1954-yil Joʻzjon viloyati, Afgʻoniston |
Kasbi | Afgʻoniston Oliy Qoʻmondoni |
Abdul Rashid Doʻstum (oʻzbekcha: Abdul Rashid Doʻstum, dariycha: عبدالرشید دوستم) — Afgʻoniston davlat va siyosat arbobi, marshal[1]. 2014-yildan boshlab Afgʻoniston Vitse-Prezidenti va ilgari Ahmad Ziyo Mesut va Muhammad Mohaqiqlar bilan birgalikda Afgʻoniston Milliy Kengashi rahbarlaridan biri, shuningdek Junbish-e milliy-yi Islami-yi Afgʻoniston]] siyosiy partiyasi (oʻzbekcha: Afgʻoniston Milliy Islomiy harakati) rahbari. U afgʻon urushi oʻtmishida milliy armiya safida uzoq vaqt hizmat qilganligi bilan ham Afgʻoniston siyosatida muhim shaxslardan biri hisoblanadi.
Doʻstum Sovet ittifoqi qoʻshinlarining Afgʻonistondagi harbiy amaliyotlari chogʻida afgʻon armiyasiga boshchilik qilgan. Keyinchalik mustaqil ravishda Afgʻonistondagi oʻzbeklar jamoasiga rahbarlik qilgan. Shuning birga 80-yillari Mujohidlarga va 90-yillarda Tolibonga qarshi harbiy toʻqnashuvlarda faol ishtirok etgan.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdul rashid Doʻstum 1954-yilda Afgʻonistonning Joʻzjon viloyatida tavvalud topgan. Uning oilasi kambagʻal boʻlgani bois oʻrta umumtaʼlim maktabini erta tark etishga majbur boʻladi va yoshligidanoq gaz va neftni qayta ishlaydigan joylarda faoliyat olib borgan. 2021-yil 6-avgustda Tolibon jangarilari marshal Doʻstumning uyini yoqib yuborishdi[2]. Tolibon harakati Kobulni egallaganidan soʻng Doʻstum Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatiga kelib joylashdi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Абдулрашид Дўстумга Афғонистон қуролли кучлари маршали унвони берилади
- ↑ „«Толибон» ҳаракати маршал Дўстумнинг уйини ёқиб юборди — ОАВ“. Bugun.uz. 2021-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
- ↑ „Bugun.uz маршал Дўстумнинг аҳволи ва унинг қаерда эканини аниқлади“. Bugun.uz. 2021-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.