Bahrayn
Bahrayn qirolligi مملكة البحرين | |
---|---|
Shior: Yoʻq | |
Madhiya: نشيد البحرين الوطني (Bizning Bahrayn) | |
Poytaxt | Manama |
Rasmiy til(lar) | Arab tili |
Hukumat | Dualistik Monarxiya |
• Qirol | Hamad ibn Iso al Xalifa |
Xalifa ibn Salmon al Xalifa | |
Mustaqillik (Birlashgan Qirollikdan) | |
• Sana | 15-avgust, 1971-yil |
Maydon | |
• Butun | 750 km2 (191-oʻrin) |
• Suv (%) | ahamiyatsiz |
Aholi | |
• 2011-yilgi roʻyxat | 1 234 571 (155-oʻrin) |
• Zichlik | 1189,5/km2 |
YIM (XQT) | 2010-yil roʻyxati |
• Butun | AQSh$29,710 mil. (109-oʻrin) |
• Jon boshiga | AQSh$40,300 |
Pul birligi | Bahraini Dinar (BHD) |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
• Yoz (DST) | UTC+3 |
Qisqartma | BA |
Telefon prefiksi | 973 |
Internet domeni | .bh |
|
Bahrayn (البحرين) Davlati (مملكة البحرين, Davlat al-Bahrayn) – Janubi-gʻarbiy Osiyoda, Fors qoʻltigʻining Bahrayn orollaridagi davlat (amirlik). Bahrayn tarkibiga 33 orol kiradi, ularning eng kattalari: Bahrayn. Muharrak, Umm-Naasan, Havar. Rasmiy tili – arab tili. Maydoni 695,2 km2, aholisi 1 493 231 kishi (2017). Asosiy aholisi arablar. Shuningdek forslar, pokistonliklar, hindlar ham yashaydi. Aholining 83% shaharlarda istiqomat qiladi. Islom diniga eʼtiqod etadi. Poytaxti – Manama shahri.
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahrayn – konstitutsiyaviy monarxiya. Davlat boshligʻi – amir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va bir palatali Milliy Kengash (parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. 1973-yil mamlakat konstitutsiyasi qabul qilingan. 1973 – 1975-yillarda konstitutsiyaga muvofiq Milliy Assambleya (parlament) chaqirildi, biroq u 1975-yilda amirning farmoni bilan tarqatib yuborildi. 1992-yilda 40 kishidan iborat Maslahat Kengashi tuzilganligi eʼlon qilindi. Uning vazifasi – qonun loyihalari va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining turli sohalari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Kengash tarkibini amir belgilaydi.
Hududiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Orollar hududi pasttekislikdan iborat, uning balandligi 135 m ga yetadi. Neft, tabiiy gaz konlari bor. Iqlimi tropik iqlimga yaqin. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 16 °C, iyul oyining oʻrtacha harorati 37 °C. Yiliga 90 mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Tropik saxgyular koʻp joyni egʻallagan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiati nomi miloddan avvalgi 3-mingyilliklardagi manbalarda tilga olinadi. U oʻzining marvarid-durlari bilan mashhur boʻlgan. 1521-yil Portugaliya mustamlakachilari tomonidan bosib olingunga qadar Tabiati 8 asr mobaynida mustaqil arab musulmon davlati boʻlgan. Portugallar bu yerda uzoq tura olmadilar. 1602 – 1783-yillarda Bahrayn Eron hukmronligida boʻldi. 1820-yil va 1861-yildagi Britaniya – Bahrayn bitimlaridan soʻng, u Britaniya imperiyasi izmiga oʻtdi, yaʼni uning mustamlakasiga aylandi. 1971-yilda mustaqillikka erishdi. 1971-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil mayda oʻrnatgan. Milliy bayrami 16-dekabr Milliy kun (1971-yil).
Siyosiy tashkilotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalarning faoliyati taqiqlangan. Yashirin tarzda Bahrayn milliy ozodlik fronti (1959-yilda tuzilgan) va Bahrayn xalq fronti (1975) harakat qilmoqda.
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqtisodiyotning asosini neft va gaz zaxiralari tashkil qiladi. Mamlakatda har yili 2–2,5 man. tonna neft va 6 mlrd. kub m gacha tabiiy gaz qazib olinadi. Davlat byudjetm daromadining 70 % ga yaqini neft tufayli taʼminlanadi. Mamlakatda yiliga 14 mln. tonna neft mahsulotlarini qayta ishlaydigan zavod va yirik neft kimyosi (asosan, Saudiya Arabistoni nefti hisobiga ishlaydi), yiliga 200 ming t alyuminiy ishlab chiqaradigan zavod, dunyodagi eng katta kema taʼmirlash korxonalaridan biri, 11 elektr stansiya ishlab turibdi. 100 ga yaqin mayda va oʻrta yengil sanoat va hunarmandchilik korxonalari bor. Konditsionerlar yigiladigan, plastmassa buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladigan, dengiz suvi chuchuklashtiriladigan korxonalar mavjud. Asosiy sanoat markazlari: Manama, Al-Maharraq, Al-Hidd. Qihsloq xoʻjaligi suyet rivojlangan. Yalpi milliy mahsulotning 1 % uning hissasiga toʻgʻri keladi. Xurmo. pista, moyli ekinlar, anjir, sitrus mevalar, uzum yetishtiriladi. Oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talab, asosan, chetdan keltiriladigan mahsulotlar hisobiga qondiriladi. Dengiz hayvonlarini ovlash va marvarid qidirish rivojlangan. Keyingi yillarda byudjet tushumlarini koʻpaytirish maqsadida sayyohlikni ri-vojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Chetga neft mahsulotlari, alyuminiy, neft kimyosi mahsulotlari chiqariladi; chetdan sanoat va qishloq xoʻjaligi asbob-uskunalari, transport vositalari, sanoat mollari, oziq-ovqat mahsulotlari keltiriladi. Avtomobil yoʻllari aholi yashaydigan manzillarni bir-biri bilan bogʻlaydi. Ularning uz. 2,6 ming km. Muharrak o.da xalqaro aeroport mavjud. Asosiy dengiz portlari – Manama, Sitra. Tashqi savdoda asosiy mi-jozlari – Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Avstraliya. Pul birligi – Bahrayn dinori.
Madaniyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahraynda 6 yillik boshlangʻich, 2 yillik oraliq va 3 yillik oʻrta umumiy taʼlim va hunar maktablari bor. Diniy maktablar ham ishlab turibdi. Arab tilida „Al-ayyom“ („Kunlar“), „Axbor al-Xolij“ („Koʻrfaz yangiliklari“), „Al-Jamohir“ („Jamoa“), „Al-Fajr“ („Tong“) gazetalari, „Al-Bah-rayn“ („Bahrayn“), „Sado al-Us bua“ („Hafta aks sadosi“) jurnallari nashr etiladi. 1976-yilda Fors qoʻltigʻi mam-lakatlari mintaqaviy axborot agentligi tashkil etilgan. 1955-yildan radiostansiya arab tilida eshittirishlar olib boradi; 1973-yildan telekoʻrsatuvlar yoʻlga qoʻyilgan. B.da „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviatsiya kompaniyasining vakolatxonasi mavjud. Oʻzbekiston Xotin-qizlar koʻmitasi bilan tadbirkor xotin-qizlar uyushmasining delegatsiyasi 1992-yil may oy ila Manamadagi har yilgi xayriya yarmarkasida qatnashdi. U yerda oʻzbek ustalarining sanʼat va rangtasvir asarlari namoyish qilindi. Tashrif chogʻida Oʻzbekiston xotinkizlar qoʻmitasi bilan Bahrayn Ona va bola uyushmasi oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish haqida qoʻshma bayonnoma imzolandi. 1997-yil 17 – 22-fevral kunlari Bahrayn neft va sanoat vazirlign delegatsiyasi Toshkentda mehmon boʻlib, Oʻzbekistonning iqtisodiy va eksport-import imkoni-yatlari bilan tanishdi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |