Qorachoy-bolqor tili
Qorachoy-bolqor tili | |
---|---|
Milliy nomi | къарачай-малкъар тил, |
Mamlakatlar | Rossiya |
Rasmiylik holati | Kabardin-Bolqoriya Qorachoy-Cherkesiya |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 305 364 Rossiyada 2010-yilgi sanoq[1]) |
Turkumlanishi | |
Turkum | Yevroosiyo tillari |
Til oilasi | |
Alifbosi | kirill |
Til kodlari | |
ISO 639-2 | krc |
ISO 639-3 | krc |
Qorachoy-bolqor tili - turkiy tillarning qipchoq guruxiga mansub til; asosan, Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi, shuningdek, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Turkiya, Suriya, AQShda yashovchi qorachoylarning hamda Rossiya Federatsiyasining Kabarda-Balkariya Respublikasi va unga qoʻshni hududlarda yashovchi bolqorlarning tili. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 235 ming (qora-choylar 150 ming, bolqorlar 85 ming) kishidan ortiq (20-asr oxirlari).
Q.-b.t., asosan, fonetik, qisman leksik-morfologik tafovutlarga ega boʻlgan 2 ta: "ch" lovchi - "j" lovchi (qorachoy) va "s" lovchi — "z" lovchi (bolqor yoki molqor) lahjalariga boʻlinadi. Mas, quchuk > kutsuk, bichaq > bitsaq (pichoq), juz > zuz (yuz), jil > zil (yil) va boshqa Q.-b.t.ning uziga xosligi sifatida yana baʼzan soʻz boshidagi "y" undoshining tushib qolishi (yaxshi > axshi, Yaxya — Axya), dona va tartib sonlar hosil qilishning alohida usuli (bir on — oʻn, eki on — yigirma yuch on — oʻttiz; bir jiyirma — yigirma, yeki jiyirma — qirq, yuch jiyirma — oltmish) kabilarni koʻrsa-tish mumkin. Leksikasida rus, osetin. adigey tillaridan oʻmashgan soʻzlar mavjud.
Oʻtgan asrning 20-yillarida "ch" lovchi lahja asosida adabiy Q.-b.t. shakllandi. Yozuvi 1924—26 yillarda arab grafikasi, 1926—37 yillarda lotin grafikasi, shundan keyin rus grafikasi asosida shakllantirilgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Baskakov NA.. Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazikov, 2-izd., M., 1969; Aliyev U. B., Sintaksis karachevo-balkarskoyu yazika, M., 1973; Problemm semantiki i stilistiki karachevo-balkarskogo yazmka, Nalchik, 1987.
Qorachoy-Bolqor tili — qorachoylar bilan bolqorlarning gaplashuvchi tili. Uning ikki dialekti bor, ularning ajralishi — qorachoylar /tʃ/ va /ʒ/, bolqorlar esa /ts/ va /z/ degan ikki tovushni qoʻllanadi. Turkiy tillarining qipchoq guruhiga kiradi. Asosan Rossiyaning Qorachoy-Cherkes va Kabardin-bolqor respublikalarida keng tus olgan. Shu ikki respublikada davlat tili boʻlib hisoblanadi. Rossiyada 303 ming kishi gaplashadi (2002-yilgi sanoq). Alifbosi 1920—24 yillarda arab alifbosi, 1924—36 yillarda lotin alifbosi, 1936-yildan buyon — kirill alifbosiga asoslangan[2].
Alifbosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi qorachoy-bolqor alifbosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]А а | Б б | В в | Г г | Гъ гъ | Д д | Дж дж | Е е |
Ё ё | Ж ж | З з | И и | Й й | К к | Къ къ | Л л |
М м | Н н | Нг нг | О о | П п | Р р | С с | Т т |
У у | Ф ф | Х х | Ц ц | Ч ч | Ш ш | Щ щ | ъ |
Ы ы | ь | Э э | Ю ю | Я я |
lotin alifbosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]A a | B b | C c | Ç ç | D d | E e | F f | G g |
Ğ ğ | H h | I ı | İ i | J j | K k | L l | M m |
N n | Ñ ñ | O o | Ö ö | P p | Q q | R r | S s |
Ş ş | T t | U u | Ü ü | V v | W w | Y y | Z z |
Sonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]0 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
ноль (nol) | бир (bir) | эки (eki) | юч (üç) | тёрт (tört) | беш (beş) | алты (altı) | джети (ceti) | сегиз (segiz) | тогъуз (toğuz) | он (on) |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Perepis-2010
- ↑ Voprosi sovershenstvovaniya alfavitov tyurkskix yazikov SSSR. M., 1972
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |